Indoneziyaning mashhur telekanali O‘zbekiston ziyorat turizmi haqida ko‘rsatuv namoyish etdi

© Mariya ZaxarovaSamarkand. Arxitekturnie detali.
Samarkand. Arxitekturnie detali. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2023
Obuna bo‘lish
Ko‘rsatuvda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston ziyorat turizm salohiyati Turkiya sayyohlik sohasi bilan raqobatlasha oladi.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Indoneziyaning mashhur SCTV telekanali O‘zbekiston ziyorat turizmi haqida ko‘rsatuv namoyish etdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Ko‘rsatuvda 2023-yil 26-apreldan “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan ochilayotgan Toshkent-Jakarta-Toshkent aviareysi, O‘zbekistonning ziyorat turizm salohiyati va Indoneziyalik sayohatchilar uchun 30 kunlik vizasiz rejimi haqida ma’lumot berilgan.
Ko‘rsatuvda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston ziyorat turizm salohiyati Turkiya sayyohlik sohasi bilan raqobatlasha oladi va indoneziyaliklar uchun yangi alternativ va takrorlanmas yo‘nalish sifatida ko‘rilmoqda.
Surya Citra Televisi (SCTV) Indoneziyaning 240 ta shahrida efirga uzatiladi, teleauditoriya soni 160 million nafarga yetadi.
26 aprelda Jakarta-Toshkent yo‘nalishidagi birinchi aviareys orqali SCTV muxbirlari O‘zbekistonga 7 kunga kelishi va Toshkent, Samarqand hamda Buxoro kabi qadimiy shaharlar ziyorat turizm salohiyati haqida teleko‘rsatuvlar tayyorlashi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0