G‘arb ozchiligi jahon hamjamiyatining boshqa a’zolarini hurmat qilishi kerak — Lavrov

© AP Photo / John MinchilloMinistr inostrannix del Rossii Sergey Lavrov, ispolnyayushiy obazannosti predsedatelya, vistupayet na zasedanii Soveta Bezopasnosti OON v ponedelnik, 24-aprelya 2023 goda.
Ministr inostrannix del Rossii Sergey Lavrov, ispolnyayushiy obazannosti predsedatelya, vistupayet na zasedanii Soveta Bezopasnosti OON v ponedelnik, 24-aprelya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2023
Obuna bo‘lish
Oz sonli aholiga ega bo‘lgan G‘arb davlatlari butun dunyo nomidan gapirishga, o‘zlarga ma’qul kelmagan davlatlarni xalqaro huquqqa zid ravishda jazolashga urinmoqda - Lavrov.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Kam sonli G‘arb millatlari o‘zini munosib tutishi va jahon hamjamiyatining boshqa a’zolarini hurmat qilishi kerak, dedi Lavrov BMT Xavfsizlik Kengashining samarali ko‘p tomonlamalik va BMT Nizomi tamoyillarini himoya qilish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishida so‘zlagan nutqida.

“Keling, ochiqchasiga aytaylik, hech kim oz sonli G‘arb xalqlariga butun insoniyat nomidan gapirishga ruxsat bermagan. O‘zingizni munosib tuting va xalqaro hamjamiyatning boshqa a’zolarini ham hurmat qiling”, - dedi Rossiya TIV rahbari.

Lavrovning aytishiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar kimnidir jazolash uchun uzoq yillar davomida butun insoniyat farovonligi sifatida qabul qilingan globallashuv va dunyo iqtisodiy tizimini yo‘q qilishga tayyor.
"Itoatsizlarni jazolash orqali o‘z hukmronligini ta’minlashga urinish yo‘lida Qo‘shma Shtatlar ko‘p yillar davomida jahon iqtisodiyotining ko‘p tomonlama tizimiga xizmat qilgan, insoniyat uchun oliy manfaati sifatida e’tirof etilgan globallashuv tizimini yo‘q qildi", - dedi vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kimda kim "oltin milliard" siyosatiga qarshi chiqsa, Vashington va G‘arb darhol allaqanday "qoidalar"ga ko‘ra xalqaro huquqni poymol qilgan holda ularni jazolashga, turli "qora ro‘yxatlarga" solishga urinishadi.
Eslatib o‘tamiz, BMT Xavfsizlik Kengashining ushbu majlisi Rossiya raisligida o‘tmoqda. Ikki kun oldin AQShning Moskvadagi elchixonasi Rossiya jurnalistlariga viza berishni kechiktirishi oqibatida rossiyalik jurnalistlar ushbu muhim xalqaro tadbirga yetib bora olmagan edi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri AQShning ushbu qilmishini keskin tanqid qilib, "buni javobsiz qoldirmasligini" aytgan va G‘arb jurnalistlaridan "BMTda bo‘lib o‘tadigan tadbirlarni imkon qadar ko‘p qirrali qilib yoritishni" so‘ragan edi. Darhaqiqat odatda BMT Xavfsizlik Kengashlari majlislar zalining odatda bo‘sh bo‘ladigan yuqori yarusida bugun odam gavjum. U yerda AQSh, Italiya, BMT jurnalistlarini ko‘rish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0