AQSh BMTni "jang maydoni"ga aylantirdi — Lavrov

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishVistuplenie glavi MID RF S. Lavrova v SB OON
Vistuplenie glavi MID RF S. Lavrova v SB OON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2023
Obuna bo‘lish
BMT Xavfsizlik Kengashida Sergey Lavrov AQSh va G‘arbning dunyoda barqarorlikka putr yetkazish siyosatini tanqid qildi.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Dunyo xuddi sovuq urush yillarida bo‘lgani kabi xavfli, balki undan ham xavfliroq chiziqqa yaqinlashdi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 24-aprel kuni BMT Xavfsizlik Kengashining samarali ko‘p tomonlama munosabatlariga bag‘ishlangan majlisida so‘zlagan nutqida.

Dunyo xavfli chiziqqa yaqin keldi

"Biz yana xuddi Sovuq urush yillarida bo‘lgani kabi xavfli, balki undan ham xavfliroq chiziqqa yaqinlashdik. G‘arbning moliyaviy-iqtisodiy tajovuzkorligi natijasida ko‘p tomonlama munosabatlarga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishi — vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda", - dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.

AQSh BMTni "jang maydoni"ga aylantirdi

Lavrov AQSh BMTni diplomatiya makoni o‘rniga "jang maydoni"ga aylantirirganini ham alohida ta’kidlab o‘tdi.
"Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari diplomatiyadan voz kechib, barchasini "jang maydonida" hal qilishni talab qilmoqda va bularning barchasi urush dahshatlarining oldini olish uchun yaratilgan BMT devorlari ichida. Siyosiy donolik, diplomatik muloqot tarafdori bo‘lganlarning ovozlari buzg‘unchilik yo‘liga o‘tganlar shovqiniga g‘arq bo‘lmoqda”, - dedi Lavrov
Rossiya Tashqi ishlar vaziri BMT Nizomining maqsad va tamoyillariga, "ildizlarga qaytish"ni, "barcha xilma-xillik va o‘zaro bog‘liqlikka" rioya qilishga chaqirdi.

BMT — Vashingtonning global ambitsiyalari uchun tahdid

BMT va uning nizomi talablari Vashingtonning global ambitsiyalariga tahdid soladi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Xavfsizlik kengashining samarali ko‘p tomonlama va jahon tashkiloti nizomi tamoyillarini himoya qilish bo‘yicha yig‘ilishida so‘zlagan nutqida.
"Bir vaqtlar, AQSh davlat kotibi Jim Beyker prezident Jorj Bushga hisobot berganidek: "NATO uchun asosiy tahdid Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotidir (YeXHT), uning nizomi ham Vashingtonning global ambitsiyalariga tahdid soladi”, dedi Rossiya TIV rahbari.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Varshava shartnomasi tashkiloti tarqatib yuborilgach, Yevroatlantika makonida erkin ko‘p tomonlama hamkorlikka umid paydo bo‘ldi. Ammo Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning hayotiy manfaatlariga tahdid solgan holda hududiy kengayish siyosatini davom ettirdi. Jumladan, har doim bo‘lgan Rossiyaning hayotiy manfaatlari mavjud bo‘lgan hududlarda ham, dedi Lavrov.
Lavrovning aytishiga ko‘ra, YeXHT sammitlari hujjatlariga ko‘ra, hech bir davlat, davlatlar guruhi yoki tashkilotga “YeXHT mintaqasida tinchlikni saqlash uchun asosiy mas’uliyat yuklanishi yoki YeXHT mintaqasining istalgan qismini o‘zining ta’sir doirasi deb hisoblashi” mumkin emas.
Eslatib o‘tamiz, BMT Xavfsizlik Kengashining ushbu majlisi Rossiya raisligida o‘tmoqda. Ikki kun oldin AQShning Moskvadagi elchixonasi Rossiya jurnalistlariga viza berishni kechiktirishi oqibatida rossiyalik jurnalistlar ushbu muhim xalqaro tadbirga yetib bora olmagan edi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri AQShning ushbu qilmishini keskin tanqid qilib, "buni javobsiz qoldirmasligini" aytgan va G‘arb jurnalistlaridan "BMTda bo‘lib o‘tadigan tadbirlarni imkon qadar ko‘p qirrali qilib yoritishni" so‘ragan edi. Darhaqiqat odatda BMT Xavfsizlik Kengashlari majlislar zalining odatda bo‘sh bo‘ladigan yuqori yarusida bugun odam gavjum. U yerda AQSh, Italiya, BMT jurnalistlarini ko‘rish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0