YeI Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni muvofiqlashtirishga tayyor emas – Borrel
© AFP 2023 / OLIVIER MATTHYSVerxovniy predstavitel Yevropeyskogo soyuza po inostrannim delam i politike bezopasnosti Jozep Borrell beseduyet s pressoy vmeste s gossekretarem SShA v preddverii ministerskoy vstrechi Energeticheskogo soveta YeS-SShA v Brussele 4-aprelya 2023 goda.
© AFP 2023 / OLIVIER MATTHYS
Obuna bo‘lish
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili YeI hozir bu holatda emasligini qayd etdi.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari hozircha Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar to‘plamini muvofiqlashtirishga tayyor emas. Bu haqda Lyuksemburdagi vazirlar uchrashuviga kelgan Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel ma’lum qildi.
“Bugun biz Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni muvofiqlashtirish holatida emasmiz, muhokamalarni davom ettiramiz”, - dedi Borrel Rosatomga qarshi cheklov kiritilishi ehtimoli haqidagi savolga javob berayotib. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
G‘arb sanksiyalari
Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya
qilish bo‘yicha maxsus operatsiyani e’lon qilganidan so‘ng AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Cheklov choralar birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan. Ko‘plab brendlar Rossiyadan chiqib ketishdi. Rossiyaning xorijdagi aktivlari muzlatildi.
Kreml ushbu bu choralarni misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush deb atadi, lekin voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini bildirdi.
Rossiya banki valyuta bozorini barqarorlashtirdi, do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga gazni rublda sotish e’lon qilindi.