Bokudagi Jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta medalga sazovor bo‘ldi

© Natsionalniy Olimpiyskiy KomitetV Baku (Azerbaydjan) zavershilsya ocherednoy etap Kubka mira po xudojestvennoy gimnastike
V Baku (Azerbaydjan) zavershilsya ocherednoy etap Kubka mira po xudojestvennoy gimnastike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2023
Obuna bo‘lish
Har ikki medalni Taxmina Ikromova O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga taqdim qildi.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Ozarbayjonning Boku shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Har ikki medalni Taxmina Ikromova O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga taqdim qildi. Sportchi qiziqarli bahslar davomida to‘p va tasmadagi mashqlarda shohsupaga ko‘tarildi.
To‘p:
Darya Varfolomeyev (Germaniya) – 33,150;
Yeva Brezaliyeva (Bolgariya) – 32,950;
Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) – 31,800.
Tasma:
Stiliana Nikolova (Bolgariya) – 31,300;
Yeva Brezaliyeva (Bolgariya) – 31,100;
Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) – 30,950.
Yangiliklar lentasi
0