https://oz.sputniknews.uz/20230423/uch-yilda-48-million-bola-yuqumli-kasalliklarga-qarshi-emlanmagan-34185635.html
Uch yilda 48 million bola yuqumli kasalliklarga qarshi emlanmagan
Uch yilda 48 million bola yuqumli kasalliklarga qarshi emlanmagan
Sputnik O‘zbekiston
Tadqiqotlarga ko‘ra, vaksinalar yiliga o‘rtacha 4,5 million kishining hayotini saqlab qolishga yordam beradi.
2023-04-23T16:11+0500
2023-04-23T16:11+0500
2023-04-23T16:12+0500
dunyoda
salomatlik
vaksina
bolalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/07/21247895_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_35fc6250b149f5f525ea2d6fc1647fd4.jpg
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Uch yilda 48 million bola yuqumli kasalliklarga qarshi emlanmagan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi YuNISEF tomonidan e’lon qilingan hisobotga tayanib xabar berdi.Biroq oxirgi yillar, xususan, pandemiya davrida dunyo bo‘yicha aholining vaksinalarga bo‘lgan ishonchi pasayib borayotgani xavotirli holat. YuNICYeF tomonidan e’lon qilingan so‘nggi hisobot ushbu muammo tahliliga bag‘ishlandi.Hindiston, Vyetnam, Xitoy davlatlarida immunizatsiyaning ahamiyatini yuqori, Yaponiya, Janubiy Koreya va Papua-Yangi Gvineyada esa aksincha past baholashgan. Yevropa davlatlari o‘rtasida Portugaliya, Shvetsiya va Irlandiya aholisining vaksinalarga ishonchi baland. Xorvatiya, Latviya va Rossiyada esa buning aksi kuzatilgan.Hisobotda keltirilishicha, 2019-2021 yillar davomida 48 million nafar o‘g‘il-qiz yuqumli kasalliklarga qarshi vaksina olmagan. 19 million bola esa to‘liq bosqichda emlanmagan.Bu, turli epidemiyalar, masalan, 2021-2022 yillarda qizamiq bilan kasallanish ko‘rsatkichlari ikki baravar ko‘payishiga sabab bo‘lgan. Qolaversa, ekspertlar bemorlar soni ortishi Afrika va Janubiy Osiyoda vaksinalar taqchilligi muammosi bilan ham bog‘liq, degan xulosada.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/07/21247895_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_cb9e286eae767cb919f3e0296b9ac05b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vaksina salomatlik bolalar
vaksina salomatlik bolalar
Uch yilda 48 million bola yuqumli kasalliklarga qarshi emlanmagan
16:11 23.04.2023 (yangilandi: 16:12 23.04.2023) Tadqiqotlarga ko‘ra, vaksinalar yiliga o‘rtacha 4,5 million kishining hayotini saqlab qolishga yordam beradi.
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Uch yilda 48 million bola yuqumli kasalliklarga qarshi emlanmagan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi YuNISEF tomonidan e’lon qilingan hisobotga tayanib
xabar berdi. Tadqiqotlarga ko‘ra, vaksinalar yiliga o‘rtacha 4,5 million kishining hayotini saqlab qolishga yordam beradi. Agar emlash vositalari tanqisligi muammosi bartaraf etilsa, 2030-yilga borib, bu ko‘rsatkich yana 30 foizga oshishi mumkin.
Biroq oxirgi yillar, xususan, pandemiya davrida dunyo bo‘yicha aholining vaksinalarga bo‘lgan ishonchi pasayib borayotgani xavotirli holat. YuNICYeF tomonidan e’lon qilingan so‘nggi hisobot ushbu muammo tahliliga bag‘ishlandi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy so‘rovda ishtirok etgan 55 davlatdan 52 tasida uch yil ichida bolalarni emlashga nisbatan jamoatchilik ishtiyoqi pasaygan.
Hindiston, Vyetnam, Xitoy davlatlarida immunizatsiyaning ahamiyatini yuqori, Yaponiya, Janubiy Koreya va Papua-Yangi Gvineyada esa aksincha past baholashgan. Yevropa davlatlari o‘rtasida Portugaliya, Shvetsiya va Irlandiya aholisining vaksinalarga ishonchi baland. Xorvatiya, Latviya va Rossiyada esa buning aksi kuzatilgan.
Shunga qaramay, bolalar sog‘ligi uchun vaksinalar zarur, deb hisoblovchilar qatlami 80 foizdan yuqori bo‘lib chiqqan.
Hisobotda keltirilishicha, 2019-2021 yillar davomida 48 million nafar o‘g‘il-qiz yuqumli kasalliklarga qarshi vaksina olmagan. 19 million bola esa to‘liq bosqichda emlanmagan.
Bu, turli epidemiyalar, masalan, 2021-2022 yillarda qizamiq bilan kasallanish ko‘rsatkichlari ikki baravar ko‘payishiga sabab bo‘lgan. Qolaversa, ekspertlar bemorlar soni ortishi Afrika va Janubiy Osiyoda vaksinalar taqchilligi muammosi bilan ham bog‘liq, degan xulosada.