Shanxayda o‘zbek milliy an’analari va qadriyatlari namoyish etildi

© "Dunyo" AAShanxayda o‘zbek milliy an’analari va qadriyatlari namoyish etildi
Shanxayda o‘zbek milliy an’analari va qadriyatlari namoyish etildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston stendi tarixiy obidalar va diqqatga sazovor joylar, respublikaning zamonaviy yutuqlari tasvirlangan fotosuratlar bilan bezatildi.
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Xitoyning Shanxay shahrida o‘tkazilgan xalqaro festivallarda o‘zbek milliy an’analari va qadriyatlari namoyish etildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
O‘zbekiston milliy pavilonlari O‘zbekistonning Shanxaydagi Bosh konsulligi ko‘magida o‘zbekistonlik talabalar tomonidan tayyorlandi.
O‘zbekiston stendi tarixiy obidalar va diqqatga sazovor joylar, respublikaning zamonaviy yutuqlari tasvirlangan fotosuratlar bilan bezatildi.
Ko‘rgazmalar davomida talabalar o‘zbek xalqining o‘ziga xos madaniyati va an’analarini ishtirokchilar e’tiboriga havola qildilar. Mazkur ko‘rgazmalar xitoylik va chet ellik talabalarni dunyoning turli mamlakatlarining o‘ziga xos madaniyati bilan tanishtirish hamda do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. Tadbirlarda 2000 dan ortiq kishi qatnashdi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston milliy an’analari va urf-odatlariga bag‘ishlangan taqdimotlar universitet professor-o‘qituvchilari hamda mahalliy va chet ellik talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Yangiliklar lentasi
0