Ramazon hayiti munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga tabriknomalar kelmoqda
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Xorijiy hamkorlar o‘z qutlovlarida O‘zbekiston prezidenti va ko‘p millatli xalqiga chuqur hurmati va ezgu tilaklarini izhor etmoqda.
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar yetakchilari va hukumat rahbarlari, chet eldagi taniqli jamoat va din arboblari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan tabriknomalar kelmoqda. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xorijiy hamkorlar o‘z qutlovlarida O‘zbekiston prezidenti va ko‘p millatli xalqiga chuqur hurmati va ezgu tilaklarini izhor etib, ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligini bildirmoqda, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilamoqda.
Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud;
Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov;
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon;
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev;
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy;
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi;
Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
Indoneziya prezidenti Joko Vidodo;
Singapur prezidenti Halima Yaqub;
Kuvayt amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
Bahrayn podshohi Shayx Hamad bin Iso Al Xalifa;
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi podshohi Abdulla II;
Suriya prezidenti Bashar Asad;
Falastin prezidenti Mahmud Abbos;
Saudiya Arabistoni valiahdi, Vazirlar Mahkamasi raisi Muhammad ibn Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud;
Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, bosh vaziri o‘rinbosari, prezident ishlari bo‘yicha vaziri Shayx Mansur bin Zoid ol Nahayon;
Kuvayt valiahdi Mishaal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
Singapur bosh vaziri Li San Lun;
Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon;
Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriy;
Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha.
Qutlovlar kelishda davom etmoqda.