O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rossiya elchisini qabul qildi

© Ministerstvo inostrannix delChto obsudili v MID Uzbekistana s poslom Rossii
Chto obsudili v MID Uzbekistana s poslom Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2023
Obuna bo‘lish
Hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari yaqin kunlarda Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro ko‘rgazmasi misolida ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. 22-aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bobur Usmanov Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginovni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqot chog‘ida tomonlar oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi jarayoni, O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash istiqbollari to‘g‘risida batafsil fikr almashdi.
Hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari yaqin kunlarda Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro ko‘rgazmasi misolida ko‘rib chiqildi. Shuningdek, rejalashtirilgan ikki tomonlama tadbirlar jadvali muhokama qilindi.
24-26 aprel kunlari Toshkentda “Innoprom. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Tadbirda Rossiya, O‘zbekiston, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan 300 dan ortiq kompaniya ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0