https://oz.sputniknews.uz/20230423/ozarbayjonda-ozbekiston-tajribasi-asosida-paxta-toqimachilik-klasterlari-tashkil-etiladi-34187161.html
Ozarbayjonda O‘zbekiston tajribasi asosida paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etiladi
Ozarbayjonda O‘zbekiston tajribasi asosida paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Muloqot chog‘ida so‘nggi bir necha yil ichida O‘zbekiston-Ozarbayjon hamkorligida ijobiy dinamika kuzatilayotgani ta’kidlandi.
2023-04-23T19:03+0500
2023-04-23T19:03+0500
2023-04-23T19:03+0500
o‘zbekiston
ozarbayjon
hamkorlik
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/17/34186997_0:0:1281:721_1920x0_80_0_0_761c763a0a3309203ec84415cc84a075.jpg
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. 20-aprel kuni O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Boku shahrida Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabbarov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Muloqot chog‘ida so‘nggi bir necha yil ichida O‘zbekiston-Ozarbayjon hamkorligida ijobiy dinamika kuzatilayotgani ta’kidlandi. Joriy yilning fevral oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ikki davlatning I-hududlararo forumining natijadorligi va turli yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga katta turtki bergani ta’kidlandi.Tomonlar investitsiyalar sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollariga e’tibor qaratdi. Tashkil etilayotgan O‘zbekiston-Ozarbayjon investitsiya jamg‘armasi bu jarayonda alohida o‘rin tutishi kutilayotgani qayd etildi.O‘zaro savdo masalalariga kelganda, uning hajmini 1 milliard dollarga yetkazish rejalashtirildi. Bundan tashqari, tomonlar sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, kichik va o‘rta biznes, transport, tranzit va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.Uchrashuv yakunlari bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga o‘zaro tayyorlik bildirildi va ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida faol hamkorlik qilish formati ishlab chiqildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/17/34186997_26:0:1123:823_1920x0_80_0_0_dd4abf86233fec385d42b4403d45a8fb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston ozarbayjon
Ozarbayjonda O‘zbekiston tajribasi asosida paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etiladi
Muloqot chog‘ida so‘nggi bir necha yil ichida O‘zbekiston-Ozarbayjon hamkorligida ijobiy dinamika kuzatilayotgani ta’kidlandi.
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. 20-aprel kuni O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Boku shahrida Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabbarov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Muloqot chog‘ida so‘nggi bir necha yil ichida O‘zbekiston-Ozarbayjon hamkorligida ijobiy dinamika kuzatilayotgani ta’kidlandi. Joriy yilning fevral oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ikki davlatning I-hududlararo forumining natijadorligi va turli yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga katta turtki bergani ta’kidlandi.
Tomonlar investitsiyalar sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollariga e’tibor qaratdi. Tashkil etilayotgan O‘zbekiston-Ozarbayjon investitsiya jamg‘armasi bu jarayonda alohida o‘rin tutishi kutilayotgani qayd etildi.
Ozarbayjonda O‘zbekiston tajribasi asosida to‘liq ishlab chiqarish siklidagi paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, ipakchilik va mashinasozlik yo‘nalishlarida ilgari kelishilgan loyihalarni hayotga tatbiq etish jarayoni ko‘rib chiqildi.
O‘zaro savdo masalalariga kelganda, uning hajmini 1 milliard dollarga yetkazish rejalashtirildi. Bundan tashqari, tomonlar sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, kichik va o‘rta biznes, transport, tranzit va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga o‘zaro tayyorlik bildirildi va ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida faol hamkorlik qilish formati ishlab chiqildi.