https://oz.sputniknews.uz/20230423/ona-suti-bilan-oziqlangan-bolalarda-raxit-va-kamqonlik-deyarli-kuzatilmaydi--ssv-34184684.html
Ona suti bilan oziqlangan bolalarda raxit va kamqonlik deyarli kuzatilmaydi – SSV
Ona suti bilan oziqlangan bolalarda raxit va kamqonlik deyarli kuzatilmaydi – SSV
Sputnik O‘zbekiston
Ona sutida chaqaloqning dastlabki oylarida ayrim yuqumli kasalliklardan himoyalovchi, immun tanachalar hamda hazm jarayonini yaxshilovchi fermentlar mavjud.
2023-04-23T13:55+0500
2023-04-23T13:55+0500
2023-04-24T11:38+0500
bu qiziq
salomatlik
bola
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/09/22624829_0:133:3169:1916_1920x0_80_0_0_826b23107e657b46b053a20dc60fb68e.jpg
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Ona suti bilan oziqlangan bolalarda raxit va kamqonlik deyarli kuzatilmaydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.Ona suti quyidagi xususiyatlarga ega:Bundan tashqari, ona sutida chaqaloqning dastlabki oylarida ayrim yuqumli kasalliklardan himoyalovchi, immun tanachalar hamda hazm jarayonini yaxshilovchi fermentlar mavjud.Ta’kidlanishicha, shu sababli ona suti bilan ulg‘aygan bolalar har tomonlama yaxshi rivojlanadi. Raxit, kamqonlik kasalligi, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi kabi xastaliklar deyarli kuzatilmaydi. Zotiljam bilan esa kamdan kam hollardagina og‘rish kuzatiladi.Qayd etilishicha, bola 6 oyga to‘lgach, o‘sayotgan tana ehtiyojlari ona suti tomonidan to‘laqonli qoplanmaydi va belgilangan tartibda qo‘shimcha ovqatlantirishga to‘g‘ri keladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/09/22624829_444:0:3006:1922_1920x0_80_0_0_655a306badf8c02ef479374f17e38362.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
salomatlik
Ona suti bilan oziqlangan bolalarda raxit va kamqonlik deyarli kuzatilmaydi – SSV
13:55 23.04.2023 (yangilandi: 11:38 24.04.2023) Ona sutida chaqaloqning dastlabki oylarida ayrim yuqumli kasalliklardan himoyalovchi, immun tanachalar hamda hazm jarayonini yaxshilovchi fermentlar mavjud.
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Ona suti bilan oziqlangan bolalarda raxit va kamqonlik deyarli kuzatilmaydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
ma’lum qildi. “Chaqaloqni ko‘krak suti bilan boqish erta yoshdagi bolalarda uchraydigan aksariyat kasalliklarning oldini olishda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Emizikli go‘daklar 6 oylik bo‘lguncha ozuqaga bo‘lgan ehtiyojni ona suti hisobiga qoplaydi. U bu yoshdagi bolalarning rivojlanishini ta’minlovchi eng yaxshi taom hisoblanadi”, - deydi Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lim boshlig‘i Dinara Do‘stmuhammedova.
Ona suti quyidagi xususiyatlarga ega:
unga mikroblar tushish ehtimoli yo‘q;
doimo yangi, harorati 36-37 darajada bo‘lib, bola tanasi haroratiga yaqin;
oshqozonga asta-sekin va oz-ozdan tushadi va kichkintoy tanasiga taomning tarkibiy qismi to‘la holda parchalanmay so‘riladi.
Bundan tashqari, ona sutida chaqaloqning dastlabki oylarida ayrim yuqumli kasalliklardan himoyalovchi, immun tanachalar hamda hazm jarayonini yaxshilovchi fermentlar mavjud.
Ta’kidlanishicha, shu sababli ona suti bilan ulg‘aygan bolalar har tomonlama yaxshi rivojlanadi. Raxit, kamqonlik kasalligi, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi kabi xastaliklar deyarli kuzatilmaydi. Zotiljam bilan esa kamdan kam hollardagina og‘rish kuzatiladi.
Qayd etilishicha, bola 6 oyga to‘lgach, o‘sayotgan tana ehtiyojlari ona suti tomonidan to‘laqonli qoplanmaydi va belgilangan tartibda qo‘shimcha ovqatlantirishga to‘g‘ri keladi.