https://oz.sputniknews.uz/20230423/moq-rahbariyati-jahon-chempionati-ishtirokchilarining-tayyorgarligini-kozdan-kechirdi-34188582.html
MOQ rahbariyati jahon chempionati ishtirokchilarining tayyorgarligini ko‘zdan kechirdi
MOQ rahbariyati jahon chempionati ishtirokchilarining tayyorgarligini ko‘zdan kechirdi
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, Toshkent mezbonlik qiladigan boks bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik qizg‘in pallada.
2023-04-23T21:02+0500
2023-04-23T21:02+0500
2023-04-23T21:02+0500
sport
boks
jahon chempionati
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/17/34188418_0:0:1281:721_1920x0_80_0_0_6a9d6ec5beac1730ea3094853bf552ad.jpg
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati boks bo‘yicha jahon chempionati ishtirokchilarining tayyorgarligini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.Ta’kidlanishicha, Toshkent mezbonlik qiladigan boks bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik qizg‘in pallada. Musobaqadan avval poytaxtga tashrif buyurgan bir qator terma jamoalar Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida so‘nggi mashg‘ulotlarni o‘tkazishmoqda.MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Ravshan Irmatov, MOQ raisi o‘rinbosari, mamlakat boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov terma jamoalarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi.Suriya termasi ushbu jahon chempionatiga Osiyo Olimpiya kengashi bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan loyiha asosida tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ushbu jamoa a’zolari bilan suhbatda O‘zbekiston tomoni suriyalik bokschilarning kelgusi musobaqalarga hozirlik ko‘rishida ham yordam berishga tayyor ekanini bildirdi.Ma’lumot uchun, 30-aprel – 14-may kunlari bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida 100 dan ortiq davlatdan 600 nafardan ziyod bokschi ishtirok etadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/17/34188418_0:0:1145:858_1920x0_80_0_0_c8cf67c2f60473fa558a9828677adb1d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
boks chempionat
MOQ rahbariyati jahon chempionati ishtirokchilarining tayyorgarligini ko‘zdan kechirdi
Ta’kidlanishicha, Toshkent mezbonlik qiladigan boks bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik qizg‘in pallada.
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati boks bo‘yicha jahon chempionati ishtirokchilarining tayyorgarligini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati
xabar berdi. Ta’kidlanishicha, Toshkent mezbonlik qiladigan boks bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik qizg‘in pallada. Musobaqadan avval poytaxtga tashrif buyurgan bir qator terma jamoalar Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida so‘nggi mashg‘ulotlarni o‘tkazishmoqda.
MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Ravshan Irmatov, MOQ raisi o‘rinbosari, mamlakat boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov terma jamoalarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi.
MOQ rahbariyati tashrif davomida Hindiston, Suriya kabi terma jamoa a’zolari bilan ham uchrashdi. Suhbat davomida mehmonlarning sharoitlari bilan tanishishdi. Shundan so‘ng terma jamoalar o‘rtasidagi sparring janglarini ham tomosha qilib, o‘zbekistonlik sportchilarning tayyorgarligini yaqindan ko‘zdan kechirishdi.
Suriya termasi ushbu jahon chempionatiga Osiyo Olimpiya kengashi bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan loyiha asosida tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ushbu jamoa a’zolari bilan suhbatda O‘zbekiston tomoni suriyalik bokschilarning kelgusi musobaqalarga hozirlik ko‘rishida ham yordam berishga tayyor ekanini bildirdi.
Ma’lumot uchun, 30-aprel – 14-may kunlari bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida 100 dan ortiq davlatdan 600 nafardan ziyod bokschi ishtirok etadi.