Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Kiyev Yujnodonesk va Zaporojye yo‘nalishlarida 130 dan ortiq askarini yo‘qotdi

© Sputnik / Viktor AntonyukBoysi gruppirovki "Baxmut" ChVK "Vagner" peredvigayutsya na pozitsii po okraine Baxmuta v Doneskoy oblasti
Boysi gruppirovki Baxmut ChVK Vagner peredvigayutsya na pozitsii po okraine Baxmuta v Doneskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2023
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida “Vostok” qo‘shinlari guruhining artilleriya zarbalari DXRning Ugledar, Novodonesk va Pavlovka tumanlaridagi Ukraina armiyasi bo‘linmalariga berilgan.
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlarining “Vostok” qo‘shinlari guruhi Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida dushman pozitsiyalariga hujum qilib, bir sutkada 130 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilarni, 6 ta texnikani, shuningdek, mobil o‘t o‘chirish guruhi va bir guruh diversantlarni yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida “Vostok” qo‘shinlari guruhining artilleriya zarbalari DXRning Ugledar, Novodonesk va Pavlovka tumanlaridagi Ukraina armiyasi bo‘linmalariga berilgan. Bundan tashqari, DXRning Novomayorskiy tumanida Ukraina mobil o‘t o‘chirish guruhi, Zaporojyedagi Malinovka tumanida esa sabotaj-razvedka guruhi yo‘q qilingan.
“Kun davomida bu hududlarda dushmanning yo‘qotishlari 130 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, zirhli jangovar mashina, ikkita pikap, ikkita avtomobil, shuningdek, D-20 gaubitsasini tashkil etdi”, — deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.
Yangiliklar lentasi
0