G‘arb Zelenskiydan norozi – amerikalik jurnalist

© AP Photo / Olivier MatthysVladimir Zelenskiy vistupayet na press-konferensii na sammite YeS. Arxivnoe foto
Vladimir Zelenskiy vistupayet na press-konferensii na sammite YeS. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2023
Obuna bo‘lish
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, amerikaliklar Ukraina rahbariga korrupsiyaga aloqador 35 nafar amaldor ro‘yxatini bergan.
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. G‘arb Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiydan uning hukumatidagi korrupsiya darajasi yuqoriligi tufayli norozi, deydi amerikalik jurnalist Seymur Xersh.
“Zelenskiyga yetkazilmoqchi bo‘lgan asosiy g‘oya shu edi: Amerika amaldorlari va generallari sizdan qattiq g‘azablanishmoqda, chunki siz juda ko‘p cho‘ntakka urasiz – qolganlardan ko‘ra ko‘proq olasiz”, - dedi jurnalist.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, amerikaliklar Ukraina rahbariga korrupsiyaga aloqador 35 nafar amaldor ro‘yxatini bergan, ulardan o‘n nafari ishdan bo‘shatilgan.
“U yerda korrupsiya shunchaki dahshatli. Doim shunday bo‘lgan. Vaziyat o‘zgarmaydi”, - dedi Xersh.
Yevrokomissiya Ukrainaga YeI a’zoligiga nomzod maqomini olish uchun bir qancha shartlar qo‘ygan, jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish.
Yangiliklar lentasi
0