https://oz.sputniknews.uz/20230422/referendum-mdh-34167972.html
O‘zbekiston referendumga qanchalik tayyor? — MDH kuzatuvchilari javobi
O‘zbekiston referendumga qanchalik tayyor? — MDH kuzatuvchilari javobi
Sputnik O‘zbekiston
Ayni kunlarda MDH Missiyasi a’zolari O‘zbekistonning qator hududlarida referendum o‘tkazish bo‘yicha kampaniya jarayonini kuzatmoqda.
2023-04-22T08:06+0500
2023-04-22T08:06+0500
2023-04-24T11:50+0500
siyosat
o‘zbekiston
qoraqalpog‘iston
referendum
mdh
referendum — 2023
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/16/34168200_0:87:900:593_1920x0_80_0_0_f9442c3010a2429ea35785dcc4eccf37.jpg
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) kuzatuvchilari O‘zbekistondagi referendum uchastkalarida barcha sharoitlar yaratilganligiga ishonch hosil qilishdi. Bu haqda MDH kuzatuvchilari missiyasining bosh shtabi xabar berdi.Ayni kunlarda MDH Missiyasi a’zolari O‘zbekistonning qator hududlarida referendum o‘tkazish bo‘yicha kampaniya jarayonini kuzatmoqda.Missiyaning uzoq muddatli kuzatuvchilari 18-19 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Xorazm viloyatlarida bo‘lib, referendum o‘tkazish bo‘yicha okrug va uchastka komissiyalari faoliyati bilan tanishdi.Referendum o‘tkazish bo‘yicha okrug komissiyalari raislari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda Missiya a’zolariga uchastka komissiyalarini shakllantirish, ularning a’zolarini o‘qitish tartibi va muddatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.Hamdo‘stlik kuzatuvchilari okrug komissiyalariga qonun buzilishi holatlari bo‘yicha shikoyat va arizalar kelib tushmagani ma’lum qilindi.MDHdan kelgan xalqaro kuzatuvchilar referendum o‘tkazish bo‘yicha ovoz berish uchastkalarining texnik jihozlanishi, uchastka komissiyalari faoliyatini metodik ta’minlash, ovoz beruvchilar ro‘yxatlari bilan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.Qayd etilishicha, referendum o‘tkazuvchi komissiyalar rahbariyati va a’zolari muloqot uchun ochiq, referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni taqdim etmoqda.Missiya o‘z ishini davom ettirmoqda.Ma’lumot uchun, Markaziy saylov komissiyasi MDHdan tashrif buyuruvchi 60 dan ziyod xalqaro kuzatuvchilarni akkreditatsiya qildi.Mavzuga doir:
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/16/34168200_0:2:900:677_1920x0_80_0_0_0b856bcd3e148838eb317729e8c9aa30.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston mdh referendum
o‘zbekiston mdh referendum
O‘zbekiston referendumga qanchalik tayyor? — MDH kuzatuvchilari javobi
08:06 22.04.2023 (yangilandi: 11:50 24.04.2023) Ayni kunlarda MDH Missiyasi a’zolari O‘zbekistonning qator hududlarida referendum o‘tkazish bo‘yicha kampaniya jarayonini kuzatmoqda.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) kuzatuvchilari O‘zbekistondagi referendum uchastkalarida barcha sharoitlar yaratilganligiga ishonch hosil qilishdi. Bu haqda MDH kuzatuvchilari missiyasining bosh shtabi
xabar berdi. Ayni kunlarda MDH Missiyasi a’zolari O‘zbekistonning qator hududlarida referendum o‘tkazish bo‘yicha kampaniya jarayonini kuzatmoqda.
Missiyaning uzoq muddatli kuzatuvchilari 18-19 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Xorazm viloyatlarida bo‘lib, referendum o‘tkazish bo‘yicha okrug va uchastka komissiyalari faoliyati bilan tanishdi.
Referendum o‘tkazish bo‘yicha okrug komissiyalari raislari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda Missiya a’zolariga uchastka komissiyalarini shakllantirish, ularning a’zolarini o‘qitish tartibi va muddatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Hamdo‘stlik kuzatuvchilari okrug komissiyalariga qonun buzilishi holatlari bo‘yicha shikoyat va arizalar kelib tushmagani ma’lum qilindi.
MDHdan kelgan xalqaro kuzatuvchilar referendum o‘tkazish bo‘yicha ovoz berish uchastkalarining texnik jihozlanishi, uchastka komissiyalari faoliyatini metodik ta’minlash, ovoz beruvchilar ro‘yxatlari bilan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
“Kuzatuvchilar referendum o‘tkazish bo‘yicha uchastkalar referendum to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, zarur uslubiy tavsiyalar, ko‘rsatmalar, axborot materiallari, shuningdek, tegishli jihozlar bilan ta’minlanganligiga ishonch hosil qilishdi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, referendum o‘tkazuvchi komissiyalar rahbariyati va a’zolari muloqot uchun ochiq, referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni taqdim etmoqda.
Missiya o‘z ishini davom ettirmoqda.
Ma’lumot uchun, Markaziy saylov komissiyasi MDHdan tashrif buyuruvchi 60 dan ziyod xalqaro kuzatuvchilarni akkreditatsiya qildi.