Qamchiq dovonida yuk avtomobilidan qochgan Damas handaqqa tushib ketdi

© Ministerstvo po chrezvichaynim situatsiyamNa Kamchike perevernulsya gruzovik
Na Kamchike perevernulsya gruzovik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2023
Obuna bo‘lish
"DAF" rusumli yuk avtomobili o‘rta temir to‘siqqa urildi. Damas rusumli avtomashina yuk mashinasidan qochish oqibatida handaqqa tushib ketdi.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Qamchiq dovonida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Bugun soat 06:22 larda A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining "Qamchiq" dovoni qismidan o‘tgan 269,4 kilometrida "DAF" rusumli yuk avtomobili "Toshkent-vodiy" yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, o‘rta temir to‘siqqa urildi.
© Ministerstvo po chrezvichaynim situatsiyamNa Kamchike perevernulsya gruzovik
Na Kamchike perevernulsya gruzovik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2023
Na Kamchike perevernulsya gruzovik
Shu harakat yo‘nalishidagi Damas rusumli avtomashina yuk mashinasidan qochish oqibatida handaqqa tushib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borgan va vaziyat oqibatlarini bartaraf etmoqda.
Hodisa oqibatida yuk mashinasi haydovchisi va 2 nafar "Damas" avtomobilidagi yo‘lovchilar tan jarohati olib, Pop tuman markaziy shifoxonasiga yuborilgan. Halok bo‘lganlar yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0