https://oz.sputniknews.uz/20230422/omikron-tana-azolari-34175583.html
Omikronning yangi varianti qaysi tana a’zolariga ta’sir ko‘rsatishi ma’lum bo‘ldi
Omikronning yangi varianti qaysi tana a’zolariga ta’sir ko‘rsatishi ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Virus asosan ko‘zning shilliq qavatiga ta’sir ko‘rsatapti. Oqibatda qichishish va qizarish bilan kechadigan konyunktivit kuzatilmoqda.
2023-04-22T17:02+0500
2023-04-22T17:02+0500
2023-04-24T11:46+0500
dunyoda
omikron shtammi
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/11/22227791_0:95:2001:1220_1920x0_80_0_0_3bbda40cca847e7a17280a964a7562fd.jpg
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Omikronning yangi varianti qaysi tana a’zolariga ta’sir ko‘rsatishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Cog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.Avval Hindistonda aniqlanib, so‘ng AQSh, Avstraliya, Singapur, Germaniya kabi bir qator mamlakatlarga kirib kelgan “omikron” shtammining yangi XBB.1.16 — “Arktur” subvarianti Rossiyada ham ro‘yxatga olindi.Mutaxassislar hozir bu mutatsiyaga xos alomatlarni chuqur o‘rganmoqda. Xususan, hind shifokorlari fikriga ko‘ra, virus asosan ko‘zning shilliq qavatiga ta’sir ko‘rsatapti. Oqibatda qichishish va qizarish bilan kechadigan konyunktivit kuzatilmoqda.Rossiyalik pediatr-immunolog, tibbiyot fanlari doktori Andrey Prodeusning ta’kidlashicha, o‘ta yuqumli deb baholanayotgan XBB.1.16 versiyasi “kraken”ning yaqin qarindoshi.Xastalik asosan pollinoz (mavsumiy allergik kasallik) simptomlari bilan juda o‘xshash. Shu bilan birga, yuqori isitma va yo‘tal ham “Arktur”ga xos alomat.Shifokorlar xulosasiga ko‘ra, endilikda koronavirusning yangi variantlari pnevmoniyani deyarli keltirib chiqarayotgani yo‘q.Shunga qaramay, ekspertlar aholiga buster dozada emlanishni tavsiya qilmoqda. Chunki yaqin kelajakda “omikron”ning XBB.1.16 va XBB.1.9 turlari katta ehtimol bilan Yer yuzida dominant versiyaga aylanishi mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/11/22227791_122:0:1877:1316_1920x0_80_0_0_5ad3823a937ec3f7560c23efc70a10a4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
omikron shtammi ssv
Omikronning yangi varianti qaysi tana a’zolariga ta’sir ko‘rsatishi ma’lum bo‘ldi
17:02 22.04.2023 (yangilandi: 11:46 24.04.2023) Virus asosan ko‘zning shilliq qavatiga ta’sir ko‘rsatapti. Oqibatda qichishish va qizarish bilan kechadigan konyunktivit kuzatilmoqda.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Omikronning yangi varianti qaysi tana a’zolariga ta’sir ko‘rsatishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Cog‘liqni saqlash vazirligi
xabar berdi. Avval Hindistonda aniqlanib, so‘ng AQSh, Avstraliya, Singapur, Germaniya kabi bir qator mamlakatlarga kirib kelgan “omikron” shtammining yangi XBB.1.16 — “Arktur” subvarianti Rossiyada ham ro‘yxatga olindi.
Mutaxassislar hozir bu mutatsiyaga xos alomatlarni chuqur o‘rganmoqda. Xususan, hind shifokorlari fikriga ko‘ra, virus asosan ko‘zning shilliq qavatiga ta’sir ko‘rsatapti. Oqibatda qichishish va qizarish bilan kechadigan konyunktivit kuzatilmoqda.
Rossiyalik pediatr-immunolog, tibbiyot fanlari doktori Andrey Prodeusning ta’kidlashicha, o‘ta yuqumli deb baholanayotgan XBB.1.16 versiyasi “kraken”ning yaqin qarindoshi.
Xastalik asosan pollinoz (mavsumiy allergik kasallik) simptomlari bilan juda o‘xshash. Shu bilan birga, yuqori isitma va yo‘tal ham “Arktur”ga xos alomat.
Shifokorlar xulosasiga ko‘ra, endilikda koronavirusning yangi variantlari pnevmoniyani deyarli keltirib chiqarayotgani yo‘q.
Shunga qaramay, ekspertlar aholiga buster dozada emlanishni tavsiya qilmoqda. Chunki yaqin kelajakda “omikron”ning XBB.1.16 va XBB.1.9 turlari katta ehtimol bilan Yer yuzida dominant versiyaga aylanishi mumkin.