Kutilmagan holat: Makron tashrifidan so‘ng fransuz restoranining reytingi tushib ketdi

© AFP 2023 / Ludovic MarinPrezident Fransii Emmanuel Makron na prosvetitelnom ujine v ramkax sammita G20 na Bali. Arxivnoe foto
Prezident Fransii Emmanuel Makron na prosvetitelnom ujine v ramkax sammita G20 na Bali. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2023
Obuna bo‘lish
Makron tashrif buyurganidan so‘ng, muassasaning Google reytingi bir necha soat ichida 5/5 dan 1,6/5 gacha tushib ketdi.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Fransiya janubidagi Perol kommunasida joylashgan restoranlarning biriga mamlakat prezidenti Emmanuel Makron tashrif buyurganidan so‘ng, reyting keskin tushib ketdi va Internetda salbiy sharhlar ko‘paydi. Bu haqda RIA Novosti France Bleu nashriga tayanib xabar berdi.
Payshanba kuni prezident Emmanuel Makron Fransiya janubidagi Ero departamentiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida u Perol kommunasidagi Peña Pil Pil restoranida pivo ichish uchun to‘xtagan.
O‘shandan beri “Google”da restoran haqida salbiy sharhlar va yomon reyting yuzaga keldi.
Makron tashrif buyurganidan so‘ng, muassasaning Google reytingi bir necha soat ichida 5/5 dan 1,6/5 gacha tushib ketdi.
Restoran ofitsianti Vensanning aytishicha, prezidentning tashrifi ular uchun mutlaqo kutilmagan holat bo‘lgan.
“Prezidentning bizga kelishini bilmagan edik... Biroq, respublika prezidenti yoki vazirni qabul qilmaslikka imkonimiz yo‘q”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Yangiliklar lentasi
0