Eng arzon aviachipta: “Silk Avia” katta aksiya e’lon qildi

Obuna bo‘lish
Uzbekistan airports: O‘zbekistonning birinchi mintaqaviy aviakompaniyasi aviachipta narxini temir yo‘l transporti narxiga yaqinlashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. O‘zbekistonning birinchi mintaqaviy Silk Avia aviakompaniyasi katta aksiya e’lon qildi. Unga ko‘ra, ilk tijoriy reyslar uchun avichiptalar 17 yevrodan 35 yevrogacha sotilmoqda, deya xabar berdi Uzbekistan airports.
O‘zbekistonning birinchi mintaqaviy aviakompaniyasi 25-aprel kuni o‘zining ilk tijoriy reyslarini amalga oshiradi.
Ramazon Hayiti bayrami va sotuvlar boshlanishi munosabati bilan 30-aprelga qadar barcha yo‘nalishlarga chiptalar, shu jumladan “qaytariladigan” va “bagajli” chiptalar eng arzon “ODDIY” tarifi narxida — marshrutga qarab 17 yevrodan 35 yevrogacha sotiladi.
Birinchi reyslar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
Toshkent – Termiz – Toshkent (haftasiga 2-marta);
Toshkent – Navoiy – Toshkent (haftasiga 2-marta);
Toshkent – Namangan – Toshkent (haftasiga 4-marta);
Toshkent – Qarshi – Toshkent (haftasiga 4-marta);
Toshkent – Buxoro – Urganch – Buxoro – Toshkent (haftasiga 5-marta);
Toshkent – Samarqand – Urganch – Samarqand – Toshkent (haftasiga 7-marta).
“Yangi samolyotlar kelishi bilan, jadvallar o‘zgaradi va kengayadi. Birinchi bosqichda sotuv davomiyligi bir oy. Birinchi oyda biz real talabni tahlil qilib, tariflarni yanada moslashuvchan qilishimiz kerak. Kelgusida chiptalarni yanada oldinroq — olti oygacha xarid qilish mumkin bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
“ODDIY” tarifi yengil sayohatlar uchun juda mos. Chipta narxi faqat 5 kg og‘irlikdagi qo‘l yukini ko‘zda tutadi (sumka maxsus o‘lchamga sig‘ishi kerak — 40cm30cm20cm) va bagaj, pulni qaytarish va chiptalarni qayta bron qilishni nazarda tutmaydi.
“OSON” tarifi ham “bagajsiz” va budjet tarifidan chipta pulini qaytarish yoki uni boshqa sanaga qayta bron qilish imkoniyati bilan farqlanadi.
Eng qimmat “OMAD” tarifiga 20 kg gacha bo‘lgan bagaj, qayta bron qilish va chiptani qaytarish kiradi.
“Parvozlar vaqti qisqa – bir soatdan ikki soatgacha. Bortda ovqatlanish, ko‘rpa-to‘shak, yostiq, salfetka va chipta narxini sezilarli darajada oshiradigan boshqa narsalar yo‘q. Biz faqat 0,25 litrli plastik qadoqlarda suv tarqatamiz. Buning evaziga aviachipta narxini temir yo‘l transporti narxiga yaqinlashtirishga muvaffaq bo‘ldik”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Aviachiptalar narxi 180 000 so‘mdan boshlanadi. Biroq, eng qimmat tarif narxini hisobga olgan holda ham, aviachiptalar narxi boshqa aviakompaniyalarning mavjud tariflaridan 50% gacha arzon.
Yangiliklar lentasi
0