Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Referendum — 2023
O‘zbekistonda Konstitutsiya islohoti: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha umumxalq referendumi 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar 65% ga yangilangan Konstitutsiyani qabul qilish yoki qilmaslik uchun ovoz beradi.

O‘zbekistonning Kobuldagi elchixonasida referendumga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi

© Sputnik / Mixail Alayeddin / Mediabankka o‘tishDoma v Kabule.
Doma v Kabule. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2023
Obuna bo‘lish
Brifing davomida vatandoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga tegishli javoblar qaytarildi.
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchixonasida O‘zbekistonning Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha bo‘lajak referendum mohiyatiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi,
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, tadbirda elchixonada tashkil etilgan 2-referendum uchastkasida ovoz berish huquqiga ega O‘zbekiston fuqarolari, shu jumladan diplomatik va texnik xodimlar hamda vakolatxona obyektlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Maxsus bo‘linma xodimlari ishtirok etdi.
Brifingda elchi Yodgorxo‘ja Shodmonov Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi mazmun-mohiyati va ushbu o‘zgartishlarning maqsadi haqida batafsil so‘zlab berdi. Vakolatxona rahbari o‘z ma’ruzasida O‘zbekistonda kechayotgan ijobiy o‘zgarishlar va barcha sohalardagi samarali islohotlar xalq farovonligini oshirishga yo‘naltirilganiga alohida e’tibor qaratdi.
Ta’kidlanganidek, amaldagi Konstitutsiyaning moddalari 128 tadan 155 taga ko‘payib, normalar 275 tadan 434 taga oshmoqda, Asosiy qonunning 65 foiz matni xalq takliflari asosida yangilanayotir.
Yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etganligiga urg‘u berildi.
Mamlakatda ijtimoiy himoyaning barcha yo‘nalishlari, xususan, pensiya, nafaqa, kasallik vaqtida g‘amxo‘rlik ko‘rsatish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratilgani, ayniqsa ta’lim va sog‘likni saqlash sohalaridagi islohotlar, yoshlarni kasbga yo‘naltirish, aholini uy-joy bilan ta’minlash borasidagi ishlar ko‘lami keskin kengaytirilgani tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Brifing davomida vatandoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga tegishli javoblar qaytarildi. Tadbir qatnashchilari joriy yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumida hamjihatlik bilan qatnashishlarini bildirdilar.
Posolstvo Uzbekistana v gorode Nur-Sultane. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2023
Referendum — 2023
Xorijdagi o‘zbekistonliklar referendumda qayerda ovoz berishlari mumkin – manzillar
Yangiliklar lentasi
0