https://oz.sputniknews.uz/20230421/ramazon-hayiti-arafasida-541-kishi-afv-etildi--prezident-farmoni-34147991.html
Ramazon hayiti arafasida 541 mahbus afv etildi – prezident farmoni
Ramazon hayiti arafasida 541 mahbus afv etildi – prezident farmoni
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti arafasida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
2023-04-21T08:48+0500
2023-04-21T08:48+0500
2023-04-21T11:50+0500
jamiyat
qamoq
afv
prezident farmoni
ramazon hayiti
ramazon 2023
jazoni ijro etish muassasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/915/33/9153374_0:42:1331:791_1920x0_80_0_0_c3ecdc937c6a1639f6efce3d98b99608.jpg
TOShKENT, 21 apr – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti arafasida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.Unga muvofiq, jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 541 kishi afv etildi. Afv etilgan shaxslarning aksariyati ayollar va yoshi 60 dan oshgan erkaklar tashkil qiladi. Farmonga ko‘ra, afv etilgan shaxslarning 374 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 110 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 18 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 39 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/915/33/9153374_3:0:1331:996_1920x0_80_0_0_240467828eeee3c9e4de2e1ecde26be3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev ramazon hayiti afv etish farmon qamoqxona 541 kishi
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev ramazon hayiti afv etish farmon qamoqxona 541 kishi
Ramazon hayiti arafasida 541 mahbus afv etildi – prezident farmoni
08:48 21.04.2023 (yangilandi: 11:50 21.04.2023) Afv etilgan shaxslarning aksariyatini ayollar va yoshi 60 dan oshgan erkaklar tashkil qiladi.
TOShKENT, 21 apr – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti arafasida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Unga muvofiq, jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 541 kishi afv etildi. Afv etilgan shaxslarning aksariyati ayollar va yoshi 60 dan oshgan erkaklar tashkil qiladi.
"Afv etilganlarning 36 nafarini chet el fuqarolari, 136 nafarini ayol, 75 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar hamda 6 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi", – deyiladi qaror matnida.
Farmonga ko‘ra, afv etilgan shaxslarning 374 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 110 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 18 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 39 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.
Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.