Putin Rossiya musulmonlarini hayit bilan tabrikladi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishPrezident Rossii Vladimir Putin. Arxivnoe foto
Prezident Rossii Vladimir Putin. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya musulmonlari davlat va jamiyat ishlarida faol qatnashmoqda, maxsus operatsya doirasida yelkama-yelka turib, Vatanni himoya qilmoqda - Putin.
TOShKENT, 21 apr - Sputnik. Vladimir Putin Rossiya musulmonlarini Ramazon hayiti bilan tabrikladi. Bu haqida Rossiya prezidentining maxsus telegrammasi Kreml saytida e’lon qilingan.
Quyida prezident tabrik so‘zining to‘liq matnini keltiramiz.
Rossiya musulmonlari,
Sizlarni Ro‘za-bayram bilan tabriklayman!
Muborak Ramazon oyi tugashini anglatuvchi va butun dunyo musulmonlari tomonidan alohida e’zozlanadigan ushbu bayram negizida insonning o‘z-o‘zini ruhiy kamol toptirish va rahm-shafqat va mehr-oqibatga bo‘lgan intilishlarini mujassam etgan.
Mamnuniyat bilan qayd etamanki, bizning yurtimiz musulmonlari ham o‘z ota-bobolarining ko‘p asrlik urf-odat va qadriyatlariga yuksak hurmat bilan munosabatda bo‘lishmoqda va o‘z farzandlariga ham buni o‘rgatmoqda.
Musulmon ummatining hayoti yaxshi amallar va tashabbuslarga boy. Uning davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligi faol rivojlanib, ma’rifiy va xayriya tashabbuslariga tinimsiz e’tibor qaratilmoqda.
Bugun maxsus harbiy operatsiya davomida musulmon jangchilar o‘zlarining quroldoshlari bilan birgalikda Rossiyani himoya qilmoqdalar, janglarda mardlik va o‘zaro yordam ko‘rsatmoqdalar.
Va, albatta, millatlararo va dinlararo muloqotni ta’minlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda musulmon tashkilotlarining hissasi beqiyos.
Sizlarga sog‘liq, muvaffaqiyat va eng ezgu tilaklar tilayman.
Yangiliklar lentasi
0