O‘zga sayyoraliklar Amerikaga tahdid qilmoqda - Pentagon taslim bo‘lmayapti

CC BY-SA 2.0 / David B. Gleason / The PentagonShtab-kvartira Ministerstva oboroni SShA
Shtab-kvartira Ministerstva oboroni SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2023
Obuna bo‘lish
Pentagon ko‘p yillar davomida milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi qandaydir noma’lum uchar jismlar bilan kurashish usullarini ishlab chiqmoqda. O‘zga sayyoraliklar va Yerning boshqa “quvg‘indi”lariga qarshi kurash Amerika uchun – ko‘p milliard dollarlik daromad manbaidir.
TOShKENT, 21 apr Sputnik. Qurol savdosidan keyin AQShda eng foydali “biznes” sifatida faqat o‘zga sayyoraliklar, “diktatorlar” va yana qandaydir “quvg‘indi”lar bilan kurashishgina qoladi.
Qorong‘i xonada qora mushukni topish qiyin, ayniqsa mushuk aslida u yerda yo‘q bo‘lsa. Biroq, Pentagon yillar davomida milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi qandaydir noma’lum uchar jismlar bilan kurashish usullarini ishlab chiqmoqda. Bu borada u maxsus boshqarma tuzgan, bir qancha noma’lum uchar jismlarni urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan va buning uchun muntazam ravishda milliardlab dollar oladi.
Senat Qurolli kuchlar qo‘mitasi huzurida 19-aprel kuni AQSh Mudofaa vazirligining “Barcha sohalarda anomaliyalarni o‘rganish bo‘yicha boshqarmasi” faoliyati haqida hisobot berdi. Noma’lum jismlar (NUJ) muntazam ravishda kosmosda, havoda, quruqlikda, suvda va suv ostida kuzatilib, asossiz ravishda AQSh harbiy obyektlari yoki operatsiyalariga tahdid solmoqda ekan. Pentagonning asosiy boshqarmasi “NUJlarni yaxshiroq tushunish va ularga javob berish” borasida qizg‘in ish olib bormoqda, ilmiy-razvedka ma’lumotlarini tahlil qilmoqda va haftasiga 650 tagacha ishlarni (epizodlarni) o‘rganib chiqmoqda. Hisobot ishonchliroq ko‘rinishi uchun, Pentagon Senatga MQ-9 dronlari tomonidan suratga olingan NUJ videolarini taqdim etdi.
Tasodif bo‘lsa kerak, lekin 19-aprel oqshomida Kiyev osmonida yorqin chaqnash sodir bo‘ldi, keyin esa yonayotgan vayronalar shahar ko‘chalarini yoritib yubordi. Ukraina prezidenti ma’muriyati rahbari Andrey Yermak Ukraina Qurolli Kuchlarining havo mudofaasi yordamida NUJlarni yo‘q qilish versiyasini tezda inkor etdi. Pentagon Amerikaning RHESSI kosmik kemasining orbitadan chiqib ketishihaqidagi muqobil ma’lumotni tasdiqlamadi. Ukraina kosmik agentligi tundagi chaqnashni Lirid oqimidan katta meteoritning qulashi bilan izohladi. Kiyev OAVlari esa Amerikaning razvedka yo‘ldoshi Rossiyaning radioelektron jang uskunalari "ta’siridan" keyin qulagani haqida xabar berdi. Go‘yoki, Germaniyadagi Ramshtayn aviabazasida UQK “donor davlatlari”ning navbatdagi uchrashuvi arafasida bu G‘arbga ogohlantirish bo‘lgan. Shu kuni The Washington Post nashri Ukraina uzra Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini buzish uchun Rossiya “Tobol” tizimidan foydalanayotgani haqida xabar berdi. Qanday bo‘lmasin, Kiyev rejimining kunduzlari va ayniqsa tunlari yanada bezovtali bo‘lib bormoqda.
Avvalroq Alyaska, Janubiy va Shimoliy Karolina qirg‘oqlari yaqinida hamda Michigan shtatidagi Guron ko‘li ustidan AQSh harbiy-havo kuchlari qiruvchi samolyotlari sakkiz kun ichida to‘rtta NUJni urib tushirgan edi, biroq jismlar portlamagan, qoldiqlar topilmagan. AQShdagi NUJlar va Kiyevdagi “yarqin shu’la” ko‘plab javobsiz savollarni o‘zida mujassam etdi. Bu odatiy holat. Noma’lum sirlar ko‘p yillar davomida Pentagon mutaxassislariga halovat bermaydi.
Eng muhimi, o‘zga sayyoraliklar va Yerning boshqa “quvg‘indi”lariga qarshi kurash Amerika uchun – ko‘p milliard dollarlik mablag‘lardir.

Shunchaki biznes

AQSh Mudofaa vazirligi rahbari Lloyd Ostin va uning yuqori martabali safdoshlari kecha yangi tahdidlar, ularga qarshi choralar va “narxlar” haqida ma’lumot berishdi. O‘zga sayyoraliklardan tashqari, Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreyaning ishlanmalari, ilg‘or raketa tizimlariham amerikaliklarni havotirga solmoqda. Rossiya maxsus harbiy operatsiya davrida Ukrainaning raketaga qarshi mudofaasi esa himmatli Pentagonga 35 milliard dollarga tushdi. Shunday qilib, Kongress Amerikaning xavfsizligi va buyukligi uchun qila oladigan eng yaxshi qaror bu Mudofaa va harbiyqurilish to‘g‘risidagi qonun, ya’ni yangi mablag‘larni ajratish to‘g‘risidagi qonunni tezda qabul qilishdir.

AQSh Mudofaa vazirligining talablari kamtarona emas:

kosmik imkoniyatlarni modernizatsiya qilish, dushman raketalari va infraqizil jismlarini kuzatish uchun 5 milliard dollar;
Lockheed Martin korporatsiyasining yangi avlod qiruvchi-tutuvchi samolyoti uchun 2,2 milliard dollar
Standard Missile 3, Terminal High Altitude Area Defense raketalari va Patriot PAC-3 qiruvchi-tutuvchi samolyotlari uchun 2,2 milliard dollar;
past darajadagi raketa tahdidlariga qarshi turish uchun 1,5 milliard dollar;
Guam mudofaasi uchun 1,5 milliard dollar...
Ro‘yxat to‘liq emas, ammo bu yilgi budjeti taxminan 850 milliard dollar bo‘lgan Pentagonning ishtahasi haqida yetarlicha tushuncha beradi. Mablag‘ miqdori rekord holatida, garchi Amerikaga hech kim tahdid qilmayotgan bo‘lsa ham.
Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov kecha Newsweek nashriga bergan intervyusida “aynan Vashington strategik barqarorlik bo‘yicha ikki tomonlama muloqotni bir tomonlama to‘xtatib qo‘ydi, uning asosiy maqsadi kelajakda qurol-yarog‘ nazorati va xavflarni kamaytirish choralari uchun poydevor yaratish edi”, degan fikrni bildirdi. Natijada nima bo‘ldi?
The Wall Street Journal nashri o‘zini demokratiya uchun kurashchilar deb e’tirof etgan AQSh – dunyo bo‘yicha bitta shunday ekanligini tan oldi, chunki hech kimga ta’na, tanbeh, sanksiyalar yoqmaydi. Amerika boshchiligidagi G‘arb dunyosining tartibsiz qulashini esa ilg‘or tashqi siyosatning “g‘alabasi” sifatida ko‘rsatib bo‘lmaydi.
Katta pullar ko‘plarni aqldan ozdiradi, shuning uchun Pentagon NUJlarni ta’qib qilmoqda, AQShning gipertovushli raketalari faqat loyihalarda mavjud, SpaceX uchuvchisiz fazoviy kemasi esa uchirilganidan bir necha daqiqa o‘tib portladi. Hatto o‘zga sayyoraliklar ham dunyo hukmronligi haqidagi “Amerika orzusi” ustidan kulishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0