https://oz.sputniknews.uz/20230421/eng-qadimiy-quron-haqida-bilasizmi--video-34153332.html
Eng qadimiy Qur’onlardan biri O‘zbekistonga qanday kelib qolgan – video
Eng qadimiy Qur’onlardan biri O‘zbekistonga qanday kelib qolgan – video
Sputnik O‘zbekiston
Dunyodagi eng qadimiy Qur’on kitoblardan biri - Usmon Mushafi Toshkentda saqlanadi. Qo‘lozma bir ming uch yuz yil oldin yozilgan.
2023-04-21T11:48+0500
2023-04-21T11:48+0500
2023-04-21T14:22+0500
video
qur’oni karim
qur’on
usmon mushafi
qadimiy
qo‘lozma
nodir qo‘lozma
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/15/34153422_40:0:2479:1372_1920x0_80_0_0_acc9b1dd258612e79ba6086b5099fdbe.png
TOShKENT, 21 apr – Sputnik. Dunyodagi eng qadimiy Qur’on kitoblardan biri - Usmon Mushafi Toshkentda saqlanadi. Qo‘lozma bir ming uch yuz yil oldin yozilgan. Ushbu noyob kitob kim tomonidan yaratilgani haqida O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Faxriy ulamolar kengashi raisi Shayx Abdulaziz Mansur so‘zlab berdi. Muqaddas kitobning tarixi hali ham sirlarga to‘la. Shayx hazratlari qo‘lozmaning ko‘p asrlar o‘tib saqlanib qolganligi sirini ochib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lozma kiyik terisiga yozilgan, boshqa hayvonlar terisi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib yaroqsiz holga kelib qolar ekan. Qo‘lozmaning O‘zbekistonga qanday kelgani haqida ham bir bir qancha rivoyatlar mavjud. Ulardan biriga ko‘ra, qo‘lozmani Amir Temur olib kelgan. Boshqa versiyaga ko‘ra - Muhaddis Kaffol Shoshiy yetkazgan. Ayni damda ushbu nodir kitob Toshkentdagi “Mo‘yi Muborak” madrasasida saqlanmoqda va uni hamma ko‘rishi mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/15/34153422_345:0:2174:1372_1920x0_80_0_0_23ee85c023ffa0c208fd0486d82a0c0b.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qur’on kitobi usmon mushafi toshkent kiyik terisi
qur’on kitobi usmon mushafi toshkent kiyik terisi
Eng qadimiy Qur’onlardan biri O‘zbekistonga qanday kelib qolgan – video
11:48 21.04.2023 (yangilandi: 14:22 21.04.2023) Rivoyatlarga ko‘ra qo‘lozmani O‘zbekistonga Amir Temur olib kelgan, boshqa versiyaga ko‘ra - Muhaddis Kaffol Shoshiy yetkazgan.
TOShKENT, 21 apr – Sputnik. Dunyodagi eng qadimiy Qur’on kitoblardan biri - Usmon Mushafi Toshkentda saqlanadi. Qo‘lozma bir ming uch yuz yil oldin yozilgan.
Ushbu noyob kitob kim tomonidan yaratilgani haqida O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Faxriy ulamolar kengashi raisi Shayx Abdulaziz Mansur so‘zlab berdi.
"Xalifa Hazrati Usmon davrida Qur’onni yoddan biladigan qorilar kamayib borayotganini ko‘rib uni keyingi avlodlarga kim yetkazadi degan xavotir paydo bo‘ladi. Shu sababli ular Qur’onni mushaf, ya’ni kitob shaklida ko‘chirib yozishga qara qilishadi va bu ishni o‘sha zamonning eng zo‘r xattotlariga topshgirishadi”, - deb hikoya qiladi shayx.
Muqaddas kitobning tarixi hali ham sirlarga to‘la. Shayx hazratlari qo‘lozmaning ko‘p asrlar o‘tib saqlanib qolganligi sirini ochib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lozma kiyik terisiga yozilgan, boshqa hayvonlar terisi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib yaroqsiz holga kelib qolar ekan.
Qo‘lozmaning O‘zbekistonga qanday kelgani haqida ham bir bir qancha rivoyatlar mavjud. Ulardan biriga ko‘ra, qo‘lozmani Amir Temur olib kelgan. Boshqa versiyaga ko‘ra - Muhaddis Kaffol Shoshiy yetkazgan. Ayni damda ushbu nodir kitob Toshkentdagi “Mo‘yi Muborak” madrasasida saqlanmoqda va uni hamma ko‘rishi mumkin.