Yunus Rajabiy — biografiya

© Narodnoe slovoYunus Rajabiy, portret
Yunus Rajabiy, portret - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2023
Obuna bo‘lish
Yunus Rajabiy yuzlab yillar davomida avloddan avlodga o‘tib kelgan xalq og‘izaki ijodi namunalari, 1500dan ortiq o‘zbek, tojik va uyg‘ur tillaridagi qo‘shiq va navolarni notalar bilan ifodalash orqali saqlab qolgan.
Yunus Rajabiy - O‘zbekiston xalq artisti, milliy san’at rivojida ulkan hissa qo‘shgan kompozitor, bastakor, musiqachi, folklorshunos olim va ko‘plab iste’dodli musiqachilarning ustozi.
Yunus Rajabiyga qadar o‘zbek san’atida notalar yozuvi mavjud bo‘lmagan.
Yunus Rajabiyning eng buyuk xizmatlaridan biri bu yuzlab yillar davomida avloddan avlodga o‘tib kelgan 1500 dan ortiq o‘zbek, tojik va uyg‘ur tillaridagi xalq qo‘shiqlari va navolarini notaga kiritish va bastalash orqali ularni abadiy yo‘qolib ketishdan saqlab qolgan.
© uForum/Nigora UmarovaYunus Rajabiy muzeyi, arxiv surat
Muzey Yunusa Radjabi, arxivnie foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2023
Yunus Rajabiy muzeyi, arxiv surat

Bolalik davri

Yunus Rajabiy 1897-yil 5-yanvarda Toshkent shahrida tavallud topgan. Oilada 16 ta farzand bo‘lib, Rajabiy eng kenjasi bo‘lgan.
Onasi – Oysha bibi oddiy uy bekasi bo‘lishiga qaramay, juda iste’dodli ayol bo‘lgan. Qur’oni Karimni yoddan bilgan, she’riyatga qiziqqan va o‘zi ham bir qancha she’rlarning muallifi bo‘lgan.
Otasi – Rajab aka dehqonchilik va chorvachilik bilan oilasini boqqan. Qolaversa, san’atga ham qiziqqan inson bo‘lgan va xalq bayramlariga ko‘p hollarda Yunusni ham olib brogan. Aynan shunday davralarda kuylangan qo‘shiqlar va tomoshalar ta’siri ostida Yunus san’atga mehr qo‘yishni boshlaydi.
© Uzbek JourneysSovetskiy uzbekskiy kompozitor, akademik, narodniy artist Uzbekskoy SSR Yunus Radjabi.
Sovetskiy uzbekskiy kompozitor, akademik, narodniy artist Uzbekskoy SSR Yunus Radjabi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2023
Sovetskiy uzbekskiy kompozitor, akademik, narodniy artist Uzbekskoy SSR Yunus Radjabi.
Yunus Rajabiy oila a’zolari doim farzandlarning iqtidorlari va qiziqishlariga e’tiborli bo‘lishgan. Misol uchun, Yunusning san’atga bo‘lgan ishtiyoqini sezgan akasi unga dutor olib beradi, otasi esa har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.
Rajabiynin iqtidori mukammal edi – tinglash, his qilish, eslab qolish va yana qator musiqiy qobiliyatlarga ega bo‘lgan. Bolalik davrlaridayoq bir marta tinglagan musiqasini to‘liq va aniq qilib qaytara olgan.
Yunus Rajabiy hayotining san’at sohasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan insonlardan biri Mirzo Qosim hofiz bo‘lib, uning eng birinchi ustozi sifatida ilk musiqiy bilimlarni yosh Rajabiyga singdirgan.
© uForum/Nigora UmarovaYunus Rajabiy muzeyi, arxiv surat
Muzey Yunusa Radjabi, arxivnie foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2023
Yunus Rajabiy muzeyi, arxiv surat

Ta’lim va faoliyati

Yunus Rajabiy maktab va madrasalarda tahsil olgan bo‘lib, 1913-yilda, otasi vafot etgan yilda tahsilni tamomlagan va oilasiga yordam berish maqsadida ishlashni boshlagan.
Ayniqsa o‘smirlik davrida Yunusning iste’dodi – musiqiy sezgirligi, tinglovchilarni o‘ziga maftun qila oladigan o‘zgacha ovoz tembri kabi xususiyatlari yuzaga chiqa boshlagan. Shu davrlarda u hofiz Mulla To‘ychi Toshmuhammedov qo‘lida musiqiy ta’limni ola boshladi.
Ta’lim davomida Yunusning pedagogik qobiliyatlari ham ma’lum bo‘la boshlagan: yosh musiqachilarga o‘quv darslarini tashkil qilib, ta’lim bergan. Eng qizig‘i, 1919-yilda O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi endi tashkil qilingan paytda Yunus allaqachon bu borada kata tajriba va bilimlarga ega edi.
U ta’lim olishga bo‘lgan istagini e’lon qilganida uni taniganlar bu borada turli xil fikr bildirgan – “Siz axir allaqachon mashhur musiqachisizku, sizga nimaga kerak ta’lim?”. Lekin Yunusning niyatidan qaytish istagi yo‘q edi.
Konservatoriyadagi tahsilni Yunus 1923-yilda tamomlaydi va Samarqandga konsert faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida boradi. Mazkur safar jarayonida Yunus Rajabiy hayotida muhim iz qoldirgan hodisa – mashhur hofiz va dutorchi Hoji Abdulaziz Rasulov bilan ijodiy uchrashuv bo‘ladi. Aynan Samarqandda Yunus maqom yo‘nalishida faoliyatini boshlaydi va muvaffaqiyatga erishadi.
© uForum/Nigora UmarovaYunus Rajabiy muzeyi, arxiv surat
Muzey Yunusa Radjabi, arxivnie foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2023
Yunus Rajabiy muzeyi, arxiv surat

Ijod yo‘li

Samarqandda faoliyat yuritgan davrda Yunus o‘zining mashhur "Bahor" va "Hammamiz" kabi musiqalarini bitadi.
Rajabiyning shiddatli ijodiy darvlarida Boris Nadejdin, Vladislav Uspenskiy, Georgiy Mushel kabi kompozitorlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritib, uzoq yillar davomida O‘zbekiston Milliy Teatrida mufavvaqiyat bilan tortiq qilingan "Muqanna", "Qasos" dramalariga musiqa bastalagan. Yunusning ijodiy cho‘qqilari namunalariga, shuningdek, simfonik orkestr uchun "Segoh", "Farg‘ona" kuylari, "Bahor" ansambli tarkibidagi “O‘yin bayoti”, "Paxta" raqs kuylari kiradi. Shu bilan birga, mashhur “Zaynab va Omon”, "Nazira" operalari ham Yunus Rajabiy ishtirokida yaratilgan.
She’riyat sohasida esa Rajabiy Navoiy, Bobur, Furqat, Muqimiy kabilarning g‘azallariga kuy bastalagan.
Yunus Rajabiy buyuk meroslaridan biri bo‘lgan “O‘zbek xalq musiqasi” ko‘p jildli to‘plami 1939-yildan nashrga chiqishni boshlagan.
Iqtidorli inson hamma tomonlama iqtidorli bo‘lgani kabi, Yunus Rajabiy rassomchilik, pazandachilik hamda hikoyanavislik borasida ham qobiliyatga ega bo‘lgan.
© uForum/Nigora UmarovaYunus Rajabiy muzeyi, arxiv surat
Muzey Yunusa Radjabi, arxivnie foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2023
Yunus Rajabiy muzeyi, arxiv surat

Rajabiylar oilasi

Yunus Rajabiyning turmush o‘rtog‘i – Qumri, ijodkorning hayoti davomida eng ahamiyatli insonlaridan biri bo‘lgan. Yunusning ijodi amalga oshishi uchun har tomonlama – ruhiy, ma’naviy qulayliklar yaratgan, shuningdek, 12 ta farzandni dunyoga keltirgan ayoldir. Oiladagi farzandlarning barchasi oliy ma’lumotga ega va san’at, ilmu fan sohasida yutuqlarga erishishgan.

Sovrin va mukofotlari

Lenin ordeni (18.03.1959)
Mehnat Qizil Bayroq ordeni
“Shon-sharaf” ordeni (25.12.1944).
“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni (2000 yil 25-avgust) – vafotidan keyin
O‘zbekiston SSR xalq artisti

Yunus Rajabiy xotirasi

Toshkent shahridagi metro bekatiga Yunus Rajabiy nomi berilgan.
Toshkent shahri, Yunus Rajabiy ko‘chasi (Kosmonavtlar metro bekati), 20-uyda Yunus Rajabiy uy-muzeyi joylashgan.
© uForum/Nigora UmarovaYunus Rajabiy muzeyi, kirish joyi
Muzey Yunusa Radjabi, arxivnie foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2023
Yunus Rajabiy muzeyi, kirish joyi
Yangiliklar lentasi
0