"Uzbekistan Airways" Ramazon hayiti munosabati bilan chegirma e’lon qildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSamolet Boeing 757-231 aviakompanii "Uzbekistan Airways" v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva.
Samolet Boeing 757-231 aviakompanii Uzbekistan Airways v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2023
Obuna bo‘lish
Toshkentdan Dubay, Seul, Boku, Ostona, Sharjaga chipta xarid qilishda 15 foiz chegirma beriladi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Ramazon hayiti munosabati bilan "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi bir qator yo‘nalishlardagi tariflar uchun 15 foizli chegirmalar e’lon qildi.
Aksiya muddati faqat bir kun 21-aprel soat 00:00 dan 23:59 gacha amal qiladi.
Chegirma e’lon qilingan barcha individual ekonom va biznes-klass tariflari uchun faqat Toshkentdan Jakarta, Tokio, Seul, Boku, Ostona, Sharjaga va ortga qaytish, shuningdek, Toshkent/Farg‘onadan Dubayga va ortga qaytuvchi reyslar uchun taqdim etiladi.
Taqdim etiladigan chegirma miqdori:
kattalar uchun tarifdan – 15%;
2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun – bolalar tarifiga mos ravishda – 15%.
Chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi.
Ilgari sotib olingan aviachiptalar 21-aprelda qayta rasmiylashtirilsa yoki qayta bron qilinsa, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi.
Chegirma CodeShare reyslarida va tijorat shartnomalari bo‘yicha e’lon qilingan tariflar uchun qo‘llanilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0