Toshkentda daraxtlarni betondan tozalash bo‘yicha ekoaksiya boshlandi

© Ministerstvo prirodnix resursov Respubliki UzbekistanV Tashkente startovala ekoaksiya
V Tashkente startovala ekoaksiya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2023
Obuna bo‘lish
Ekoaksiya mavjud daraxtlarni beton va asfalt qoplamasidan, plastik yoritkichlardan va reklama bannerlaridan ozod qilishga qaratilgan.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Toshkent shahrida beton qoplama bilan o‘ralgan daraxtlarni betondan tozalash bo‘yicha ekoaksiya boshlandi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi xabar berdi.
Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov tashabbusi bilan “Daraxtlarni asraylik” ekoaksiyasi boshlandi.
© Ministerstvo prirodnix resursov Respubliki UzbekistanV Tashkente startovala ekoaksiya
V Tashkente startovala ekoaksiya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2023
Aksiya doirasida Toshkentning barcha tumanlaridagi betonlangan va asfaltlangan daraxtlarning poydevori ochiladi.
© Ministerstvo prirodnix resursov Respubliki UzbekistanV Tashkente startovala ekoaksiya
V Tashkente startovala ekoaksiya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2023
Daraxtlardagi reklama bannerlari va yorug‘lik beruvchi plastik buyumlar ham olib tashlanadi.
"Bugun shahrimizda ko‘plab daraxtlarning beton yoki sun’iy qoplamalar bilan o‘ralganligini ko‘rish mumkin. Bu daraxtlarning ildizlariga havo kirishini kamaytiradi, nobud bo‘lish xavfini keltirib chiqaradi. Shu bilan birga, tungi yorug‘lik moslamalarini o‘rnatish orqali daraxtlarga zarar yetkazish holatlari ham uchrab turibdi, bu ularning tabiiy rivojlanish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda”, – dedi Abduhakimov.
Ekoaksiya mavjud daraxtlarni beton va asfalt qoplamasidan, plastik yoritkichlardan (gullar, lampochkalar) va reklama bannerlaridan ozod qilishga qaratilgan.
© Ministerstvo prirodnix resursov Respubliki UzbekistanV Tashkente startovala ekoaksiya
V Tashkente startovala ekoaksiya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2023
Qayd etilishicha, Tabiat resurslari vazirligi tomonidan aholidan murojaatlar yig‘ilgan. Endi daraxtlarning tabiiy o‘sishi jarayoniga xalaqit berayotgan muammolar obodonlashtirish bo‘limlari va faollar bilan birgalikda bartaraf etiladi.
© Ministerstvo prirodnix resursov Respubliki UzbekistanV Tashkente startovala ekoaksiya
V Tashkente startovala ekoaksiya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2023
Tabiat resurslari vazirligining Toshkent shahar boshqarmasi inspektorlari tomonidan 11 ta yirik yo‘l chetida monitoring ishlari olib borilganda 250 turdagi manzarali va mevali daraxtlarning poydevori betonlanganligi aniqlangan.
© Ministerstvo prirodnix resursov Respubliki UzbekistanV Tashkente startovala ekoaksiya
V Tashkente startovala ekoaksiya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2023

"Ekoaksiya doirasida barcha holatlar bartaraf qilinadi. Bu aksiya O‘zbekistonning barcha hududlarida davom etadi", - deyiladi xabarda.

© Ministerstvo prirodnix resursov Respubliki UzbekistanV Tashkente startovala ekoaksiya
V Tashkente startovala ekoaksiya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2023
Daraxtlarni muhofaza qilishni yanada kuchaytirish maqsadida @ecogovuz_bot telegram boti ishga tushirildi. U orqali aholi daraxtlarga zarar yetkazilganligi to‘g‘risida elektron shaklda ariza yuborishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0