https://oz.sputniknews.uz/20230420/rossiya-mb-aprel-oxirigacha-raqamli-rubldan-foydalanishni-boshlaydi--nabiulina-34132035.html
Rossiya aprel oxirigacha raqamli rubldan foydalanishni boshlaydi — Nabiulina
Rossiya aprel oxirigacha raqamli rubldan foydalanishni boshlaydi — Nabiulina
Sputnik O‘zbekiston
Markaziy bank imkon qadar tezroq raqamli rubl yordamida real pilot operatsiyalarni o‘tkazishni boshlashni xohlaydi.
2023-04-20T19:30+0500
2023-04-20T19:30+0500
2023-04-20T21:59+0500
rossiya
markaziy bank
raqamli texnologiyalar
rubl
elvira nabiullina
raqamli rubl
kriptovalyuta
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/1d/25751385_0:107:1863:1155_1920x0_80_0_0_a6ac26c0c10da96167e6d2afa94bc07d.jpg
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Rossiya Markaziy banki raqamli rubl ishtirokida pilot loyihalarni aprel oyining oxiriga qadar boshlaydi, dedi MB rahbari Elvira Nabiullina. RIA Novosti xabariga asosan.MB rahbarining so‘zlariga ko‘ra, regulyator raqamli rublni foydalanuvchilar uchun qulay to‘lov vositasiga aylanishini istaydi. Shu sababli ham uni joriy etish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Dastlab sinov to‘lovlari haqiqiy mijozlar bilan haqiqiy raqamli rubllarda o‘tkaziladi, banklar bilan asosiy operatsiyalarni amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqiladi. Bular raqamli hamonlarni ochish va yopish, fuqarolar o‘rtasida raqamli rubllarni o‘tkazish, QR kod yordamida xaridlar va xizmatlar uchun to‘lov qilish va boshqalar. Dastlabki sinov loyihasida 13 ta bank ishtirok etadi. Barcha operatsiyalar Markaziy bank orqali amalga oshiriladi. Kelgusida operatsiyalar doirasi kengaytiriladi.Raqamli rublni joriy qilish uchun va kerakli infratuzilmalar yaratish bo‘yicha tartibga solish, texnik va tashkiliy ishlarni 2023-yilning oxiriga qadar yakunlash kutilmoqda.Rossiyalar uchun elektron hamonni raqamli rubllar bilan to‘ldirish chegarasi oyiga 300 mingni tashkil qiladi, jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari ular uchun bepul bo‘ladi.Ma’lumot uchun, Markaziy bank oldin bergan ma’lumotlarga ko‘ra, raqamli rubl quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi: MB xabariga ko‘ra, kelajakda raqamli rubl eng xavfsiz to‘lov vositasiga aylanadi. Uning yordamida elektron shartnomalar tuzish mumkin bo‘ladi. Bunday shartnomalar sharti bajarilganidan so‘ng to‘lov amalga oshiriladi. Masalan, uy xarid qilganda, u davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng to‘lov amalga oiriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/1d/25751385_91:0:1772:1261_1920x0_80_0_0_87569752bfe1af46160de94e8123f9fb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya markaziy bank raqamli rubl nabiullina
rossiya markaziy bank raqamli rubl nabiullina
Rossiya aprel oxirigacha raqamli rubldan foydalanishni boshlaydi — Nabiulina
19:30 20.04.2023 (yangilandi: 21:59 20.04.2023) Rossiya Markaziy banki aprel oxirigacha 13 ta tijorat banklari ishtirokida raqamli rublda real operatsiyalar o‘tkazishni boshlaydi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Rossiya Markaziy banki raqamli rubl ishtirokida pilot loyihalarni aprel oyining oxiriga qadar boshlaydi, dedi MB rahbari Elvira Nabiullina. RIA Novosti
xabariga asosan.
"Markaziy bank imkon qadar tezroq raqamli rubl yordamida real pilot operatsiyalarni o‘tkazishni boshlashni xohlaydi. Biz kichik miqdorlar va cheklangan miqdordagi mijozlar haqida gapirayotgan bo‘lsakda, sinov bosqichining natijalarini tahlil qilgandan so‘ng, valyuta kengroq odamlar doirasiga taqdim etiladi", - dedi Nabiullina.
MB rahbarining so‘zlariga ko‘ra, regulyator raqamli rublni foydalanuvchilar uchun qulay to‘lov vositasiga aylanishini istaydi. Shu sababli ham uni joriy etish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Dastlab sinov to‘lovlari haqiqiy mijozlar bilan haqiqiy raqamli rubllarda o‘tkaziladi, banklar bilan asosiy operatsiyalarni amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqiladi. Bular raqamli hamonlarni ochish va yopish, fuqarolar o‘rtasida raqamli rubllarni o‘tkazish, QR kod yordamida xaridlar va xizmatlar uchun to‘lov qilish va boshqalar. Dastlabki sinov loyihasida 13 ta bank ishtirok etadi. Barcha operatsiyalar Markaziy bank orqali amalga oshiriladi. Kelgusida operatsiyalar doirasi kengaytiriladi.
Raqamli rublni joriy qilish uchun va kerakli infratuzilmalar yaratish bo‘yicha tartibga solish, texnik va tashkiliy ishlarni 2023-yilning oxiriga qadar yakunlash kutilmoqda.
Rossiyalar uchun elektron hamonni raqamli rubllar bilan to‘ldirish chegarasi oyiga 300 mingni tashkil qiladi, jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari ular uchun bepul bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Markaziy bank oldin bergan ma’lumotlarga ko‘ra, raqamli rubl quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:
Raqamli rubl - alohida valyuta emas, u milliy valyutaning uchinchi shakli.
Raqamli rubldan faqat to‘lov vositasi sifatida foydalanish mumkin.
Raqamli rublda jismoniy shaxsda faqat bitta hisob raqami bo‘ladi.
Raqamli rublda kredit olish, keshbek va foizlar bo‘lmaydi.
Raqamli rubl, kriptovalyutadan farqli o‘laroq, faqat MB tomonidan chiqariladi va barcha operatsiyalar MB tomonidan nazorat qilinadi.
MB xabariga ko‘ra, kelajakda raqamli rubl eng xavfsiz to‘lov vositasiga aylanadi. Uning yordamida elektron shartnomalar tuzish mumkin bo‘ladi. Bunday shartnomalar sharti bajarilganidan so‘ng to‘lov amalga oshiriladi. Masalan, uy xarid qilganda, u davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng to‘lov amalga oiriladi.