Ramazon hayiti kunlari tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlaydi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSemeynaya poliklinika №22 Uchtepinskogo rayona
Semeynaya poliklinika №22 Uchtepinskogo rayona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2023
Obuna bo‘lish
Bayram kunlari mamlakat bo‘yicha 2755 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat ko‘rsatadi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Ramazon hayiti kunlari tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlaydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ramazon hayiti 21-aprel juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.
O‘zbekistonda Ramazon hayiti kuni aniq bo‘ldi.
Ushbu muborak ayyom va dam olish kunlarida bir qator davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafar tibbiyot xodimi navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi.
1257 ta ko‘p tarmoqli va oilaviy poliklinika,
1080 ta oilaviy shifokor punkti,
1002 ta mahalla tibbiyot punkti,
tuman, viloyat va respublika shifoxonalari,
ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari,
tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari.

“Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filial, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul bo‘limi hamda tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi”, - deyiladi xabarda.

Mamlakat bo‘yicha 2755 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar asosida tunu kun xizmat ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, 227 ta tug‘uruq, 245 ta bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi.
Respublika Call-markazi (1003) orqali tibbiyotga tegishli savollarga malakali mutaxassislardan kechayu kunduz javob olish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0