Ramazon hayitida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrazdnovanie Ramazan xayita
Prazdnovanie Ramazan xayita - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2023
Obuna bo‘lish
Bu yil prezident qarori bilan Ramazon hayiti munosabati o‘zbekistonliklar 4 kun dam oladi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Ramazon hayiti munosabati bilan 21-24 aprel dam olish kuni deb e’lon qilindi. Bu bo‘yicha prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ramazon hayiti 21-aprel juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qilgan.
Mavzuga oid ma’lumotlar Telegram kanalimizda. Obuna bo‘ling va yangiliklarni kuzatib boring.
Prezident imzolagan hujjatga ko‘ra, Ramazon hayitining birinchi kuni 21-aprel – juma kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, mamlakatda 21 aprel kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.
Aholining Ramazon hayiti bayramini munosib kutib olishi va yuksak saviyada o‘tkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 24 aprel (dushanba) kuni ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilandi.
Shu tariqa Ramazon hayiti munosabati bilan mamlakat aholisi 21, 22, 23 va 24-aprel kunlari dam oladi.
Jiteli Tashkenta vo vremya namaza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2023
Ramazon hayiti namozi soat nechada o‘qiladi — jadval
Yangiliklar lentasi
0