https://oz.sputniknews.uz/20230420/qozogistonda-toshkent-savdo-uyi-ochilishi-mumkin-34115953.html
Qozog‘istonda Toshkent savdo uyi ochilishi mumkin
Qozog‘istonda Toshkent savdo uyi ochilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Umurzoqov Qozog‘iston elchisining taklif va tashabbuslari Toshkent uchun ahamiyatli ekanligini qayd etdi.
2023-04-20T12:41+0500
2023-04-20T12:41+0500
2023-04-20T12:41+0500
jamiyat
qozog‘iston
o‘zbekiston
elchi
shavkat umurzoqov
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/14/34101176_0:92:1280:812_1920x0_80_0_0_bf4d7d22ccfed12150df06325c03336a.jpg
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Qozog‘istonda Toshkent savdo uyi ochilishi mumkin. Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Beybut Atamkulov Toshkent shahar hokimi v. b. Shavkat Umurzoqov bilan uchrashuvda shunday taklifni bildirdi. Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, uchraushad mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuv va muloqotlarida erishilgan strategik hamkorlik, ittifoqchilik to‘g‘risidagi shartnoma va boshqa qator hujjatlar asosida rivojlanib borayotganligini ta’kidlandi.Beybut Atamkulov O‘zbekistonda so‘nggi yillarda xalq manfaati va barqaror rivojlanish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar olib borilayotganligini e’tirof etdi. Qozog‘iston firma va kompaniyalarida O‘zbekiston va Toshkent bilan hamkorlik o‘rnatishga qiziqish katta ekanligini aytib o‘tdi.Shuningdek, 2024-yilda Toshkent MDH mamlakatlarining yoshlar poytaxti deb e’lon qilinganligiga e’tibor qaratib, birgalikda kelgusi yil uchun tadbirlar rejasini kelishib olishni va shunga ko‘ra tayyorgarlik qilish taklifini bildirdi. Xususan, sport va madaniy tadbirlar, IT yo‘nalishida konferensiyalar, yoshlar o‘rtasida ilmiy va amaliy muloqotlar, bilim va tajriba almashinuviga xizmat qiladigan tadbirlarni o‘tkazish maqsadga muvofiqligini ta’kidladi.Bugungi kunda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan eksportbop mahsulotlarga Qozog‘iston bozorida talab yuqoriligini qayd etdi. Shuningdek, Qozog‘istonda Toshkent savdo uyini ochishni taklif etdi.Shavkat Umurzoqov Qozog‘iston elchisining taklif va tashabbuslari Toshkent uchun ahamiyatli ekanligini qayd etib, har bir yo‘nalishda birgalikda ishlashga, mavjud aloqalarni har tomonlama kengaytirish va rivojlantirishga tayyorligini aytib o‘tdi.Tomonlar amaliy muloqotlar davom etishini bildirishdi.
qozog‘iston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/14/34101176_38:0:1243:904_1920x0_80_0_0_5b2b8c7640a39033fa88b82ffc2e42e6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston qozog‘iston toshkent savdo uyi
o‘zbekiston qozog‘iston toshkent savdo uyi
Qozog‘istonda Toshkent savdo uyi ochilishi mumkin
Elchi O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan eksportbop mahsulotlarga Qozog‘iston bozorida talab yuqoriligini qayd etdi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Qozog‘istonda Toshkent savdo uyi ochilishi mumkin. Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Beybut Atamkulov Toshkent shahar hokimi v. b. Shavkat Umurzoqov bilan uchrashuvda shunday taklifni bildirdi.
Poytaxt hokimligi
xabariga ko‘ra, uchraushad mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuv va muloqotlarida erishilgan strategik hamkorlik, ittifoqchilik to‘g‘risidagi shartnoma va boshqa qator hujjatlar asosida rivojlanib borayotganligini ta’kidlandi.
Beybut Atamkulov O‘zbekistonda so‘nggi yillarda xalq manfaati va barqaror rivojlanish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar olib borilayotganligini e’tirof etdi. Qozog‘iston firma va kompaniyalarida O‘zbekiston va Toshkent bilan hamkorlik o‘rnatishga qiziqish katta ekanligini aytib o‘tdi.
Shuningdek, 2024-yilda Toshkent MDH mamlakatlarining yoshlar poytaxti deb e’lon qilinganligiga e’tibor qaratib, birgalikda kelgusi yil uchun tadbirlar rejasini kelishib olishni va shunga ko‘ra tayyorgarlik qilish taklifini bildirdi. Xususan, sport va madaniy tadbirlar, IT yo‘nalishida konferensiyalar, yoshlar o‘rtasida ilmiy va amaliy muloqotlar, bilim va tajriba almashinuviga xizmat qiladigan tadbirlarni o‘tkazish maqsadga muvofiqligini ta’kidladi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan eksportbop mahsulotlarga Qozog‘iston bozorida talab yuqoriligini qayd etdi. Shuningdek, Qozog‘istonda Toshkent savdo uyini ochishni taklif etdi.
Shavkat Umurzoqov Qozog‘iston elchisining taklif va tashabbuslari Toshkent uchun ahamiyatli ekanligini qayd etib, har bir yo‘nalishda birgalikda ishlashga, mavjud aloqalarni har tomonlama kengaytirish va rivojlantirishga tayyorligini aytib o‘tdi.
Tomonlar amaliy muloqotlar davom etishini bildirishdi.