https://oz.sputniknews.uz/20230420/ozbekiston-jome-masjid-34122210.html
O‘zbekistonda yana bir yirik jome masjid qurilmoqda — foto
O‘zbekistonda yana bir yirik jome masjid qurilmoqda — foto
Sputnik O‘zbekiston
Jome masjid 14 000 namozxon ibodat qilishi uchun mo‘ljallangan.
2023-04-20T14:40+0500
2023-04-20T14:40+0500
2023-04-20T14:46+0500
o‘zbekiston
jamiyat
surxondaryo
masjid
jome’ masjid
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/14/34122445_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_97a5502885e3145999aef77b5f2ad720.jpg
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yana bir yirik jome masjidi qurilmoqda. Bu haqda tuman bosh imom xatibining birinchi o‘rinbosari Akbar qori Vositov Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.Tumanning “Namozgoh” mahallasidagi yangi masjidning qurilishi ishlari boshlab yuborilgan. Masjidning xonaqohi va hovlisini qo‘shib hisoblaganda jami 14 000 namozxonning ibodat qilishi uchun mo‘ljallangan.Jome masjidida tahoratxona, mutavalliyod, majlislar xonasi, ayvon va hovli quriladi.Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda bugunga kunda jami 2119 ta masjid faoliyat yuritmoqda.Mavzuga oid:
o‘zbekiston
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/14/34122445_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_408c3eb28bf798b88ae17e3d2625b06c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston surxondaryo masjid
o‘zbekiston surxondaryo masjid
O‘zbekistonda yana bir yirik jome masjid qurilmoqda — foto
14:40 20.04.2023 (yangilandi: 14:46 20.04.2023) Jome masjid 14 000 namozxon ibodat qilishi uchun mo‘ljallangan.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yana bir yirik jome masjidi qurilmoqda. Bu haqda tuman bosh imom xatibining birinchi o‘rinbosari Akbar qori Vositov
Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Tumanning “Namozgoh” mahallasidagi yangi masjidning qurilishi ishlari boshlab yuborilgan.
Masjidning xonaqohi va hovlisini qo‘shib hisoblaganda jami 14 000 namozxonning ibodat qilishi uchun mo‘ljallangan.
“Yangi masjid qurilishida xayriya ham e’lon qilganmiz. Hozirda qurilish ishlari jadal ketmoqda. Loyihaga 30-40 mlrd mablag‘ ketishi rejalashtirilgan. Bizni xursand qilgan holat saxovatli insonlar ko‘payib, yangi jome masjidining barpo etilishida o‘zlarini hissasini qo‘shmoqdalar”, - dedi Vositov.
Jome masjidida tahoratxona, mutavalliyod, majlislar xonasi, ayvon va hovli quriladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda bugunga kunda jami 2119 ta masjid faoliyat yuritmoqda.