O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi kamaydi

© O‘zbekneftgazDobicha prirodnogo gaza
Dobicha prirodnogo gaza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yanvar-mart oylarida tabiiy gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,6 foizga kamaydi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish birinchi chorakda 9,6 foizga pasaydi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yanvar-mart oylarida tabiiy gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,6 foizga pasayib, 12,322 mlrd kub metrni tashkil etdi.
Qayd etilishicha, neft qazib olish 6,7 foizga oshib, 195,5 ming tonnagacha oshgan.
Gaz kondensati ishlab chiqarish birinchi chorakda 9 foizga kamaygan va 319,5 ming tonnani tashkil etgan.
Yanvar-mart oylarida benzin ishlab chiqarish 33,5 foizga oshib, 385,3 ming tonnani, dizel yoqilg‘isi – 1,46 baravarga o‘sdi.
O‘tgan yil yakuniga ko‘ra, respublikada tabiiy gaz qazib olish 2021-yilga nisbatan 4 foizga kamayib, 51,665 milliard kub metrni, neft qazib olish 1,8 foizga o‘sib, 787,8 ming tonnani tashkil etdi.
O‘zbekiston neft va gaz sanoati korxonalarining quvvatlari bugungi kunda yiliga qariyb 70 milliard kub metr tabiiy gaz va 8 million tonna suyuq uglevodorodlar ishlab chiqarish imkonini bermoqda.
Biroq zaxiralarning tugashi va texnologik yo‘qotishlar tufayli so‘nggi 15-yil ichida uglevodorod qazib olish sezilarli darajada kamaydi.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyining ikkinchi o‘n kunligida O‘zbekistonda anomal sovuq havo kuzatildi, kechasi havo harorati minus 19-25 darajagacha, kunduzi esa 17 daraja sovuqgacha pasaydi. Mamlakatda barcha ulgurji sotuvchilarga gaz yetkazib berish to‘xtatildi, ichki iste’molning o‘sishi tufayli gaz eksporti butunlay to‘xtatildi.
Shu bilan birga, respublika Turkmanistondan gaz, Rossiya va Qozog‘istondan neft va neft mahsulotlari importini ko‘paytirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya O‘zbekistonga neft mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshirishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0