Defender-23: NATO o‘quvlari Rossiya bilan to‘qnashuvga aylanadimi?

CC BY 2.0 / NATO / Baltic BattalionVoyennoslujashiy voysk NATO vo vremya ucheniy v Latvii. Arxivnoe foto
Voyennoslujashiy voysk NATO vo vremya ucheniy v Latvii. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2023
Obuna bo‘lish
NATOning Yevropadagi "Defender-23" keng ko‘lamli harbiy-o‘quv mashg‘ulotlari va UQKning bahorgi “qarshi hujumi” bir paytga to‘g‘ri kelib qolgani shubhali ko‘rinadi. Batafsil Sputnik sharhlovchisi maqolasida.
TOShKENT, 20 apr - Sputnik. AQSh armiyasining Yevropadagi deyarli barcha ittifoqchi mamlakatlari jalb qilingan "Defender-23" keng ko‘lamli manyovrlari bilan amerikaliklar tomonidan 30-aprelga "belgilangan" Ukraina Qurolli kuchlarining "qarshi hujumi" bir vaqtga to‘g‘ri kelayotgani bejiz emas.
Ukraina qo‘shinlarining hujumkor harakatlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda, AQSh va NATO qo‘shinlarining yuqori ehtimollik bilan strategik joylashtirilishi – Kiyev rejimini operativ qo‘llab-quvvatlashga va Ittifoq bilan Rossiya o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvga aylanishi mumkin.
22 aprel kuni Yevropaning o‘nta davlati hududida AQSh armiyasining Defender-23 keng ko‘lamli ikki oylik harbiy manyovrlari boshlanadi. Unda 9 ming amerikalik askar va 26 ittifoqchi davlatdan 17 ming askar ishtirok etadi. Pentagon allaqachon Yevropa harbiy harakatlar teatriga 7000 dan ortiq texnika yuborgan. Defender-23 mashg‘ulotlariga avvalroq Yevropada joylashtirilgan Amerika armiyasining 13 ming harbiy texnikasi ishga solinadi. Ittifoq havo kuchlari maksimal darajada – 24 ta mamlakatdan 230 ta samolyot jalb qilinadi.

Defender-23 manyovrlarining e’lon qilingan maqsadlari – “Yevropa tinchligiga tahdid soluvchilarga to‘sqinlik qilish va qit’ani tajovuzdan himoya qilish” borasida AQSh Qurolli Kuchlarining jangovar tayyorgarligi va texnikani tezda joylashtirish qobiliyatini tasdiqlashdir. Avvalroq Ukraina mojarosi fonida, Yevropadagi oliyhimmat amerikalik himoyachilar safi 100 000 askarga ko‘paygan edi.

Bunday hollarda donishmand xitoyliklarda maqol bor: “Yo‘lbarsning gul hidlayotganiga ishonmang, u hamla qilishga tayyorlanmoqda”. Defender-23 va UQKning bahorgi “qarshi hujumi” bir paytga to‘g‘ri kelib qolgani shubhali ko‘rinadi. Shuningdek, AQSh Kongressiga Ukrainada faoliyat yuritayotgan amerikalik askarlar sonini oshkor qilish bo‘yicha rezolyutsiya loyihasi taqdim etildi.
Bunga yonma-yon ravishda AQSh va NATO Kiyev rejimiga qurol yetkazib berishda davom etmoqda. Ukraina mudofaa bo‘yicha (50 ta “donor davlat” vakillari) aloqa guruhining navbatdagi yig‘ilishi 21-aprel kuni Germaniyaning Ramshtayn aviabazasida AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin va shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Mark Milli raisligida bo‘lib o‘tadi. Xodim Mark Milley. Muhokamaning asosiy mavzusi – UQKga qurol-yarog‘lar, zirhli texnikalar, havo hujumidan mudofaa tizimlari va zarba beruvchi samolyotlar, asosan, MiG-29 yetkazib berish hajmini oshirishdan iborat. Kiyev qat’iylik bilan NATO qiruvchilarini so‘ramoqda, biroq Vashington hali ham F-16 samolyotlarini yetkazib berish masalasini ko‘rib chiqmayapti. Yoki yaqin oradagai Ukraina armiyasining “qora kuni” uchun saqlab qo‘ygan.

Xavfli taktikalar

G‘arbning jiddiy tahlilchilari bo‘lajak “qarshi hujum”ning dastlabki 24 soatini – hal qiluvchi deb hisoblashadi. Yanada chuqurroq kirib borish uchun “Drang nach Osten” ga UKQning poroxlari yetmaydi. Pentagon havo mudofaasi yaxshi bo‘lmasa, UKQning “qarshi hujumi” barbod bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi, ammo NATOda yahshi havo mudofaasining o‘zi yo‘q.
Masalan, Amerikaning afsonaviy Patriot zenit raketa tizimi 40-yillik faoliyati davomida (turli mamlakatlarda) birorta ham dushman samolyotini urib tushirmagan. Bundan tashqari, zamonaviyroq (tajribaviy) IRIS-T va NASAMS zenit-raketa tizimlarining kuchi hali aniq emas.
Rossiya Ukraina harbiy harakatlar teatri havo hududini ishonchli nazorat qilmoqda, zirhli texnika va o‘q ochish kuchi bo‘yicha sezilarli ustunlikka ega. Shu bilan birga, AQSh va NATO UQKning “qarshi hujumi” tufayli Rossiya armiyasining “ekstremal taktikasiga” tayyorlanayotganini G‘arbning “axborotli manbalari” mantiqsiz ravishda xabar bermoqda. Ruslarning bir maqoli bor: “O‘g‘rining shapkasi ham yonadi”.
Rossiya armiyasining “ekstremal taktikasi” uydirma emas, ammo Defender-23 manyovrlari Ukraina mag‘lubiyati va NATOning “tinchlikni saqlash operatsiyasi”dan keyin Yevropa va Shimoliy Amerikani yadroviy Armageddonga g‘arq qilish vositasiga aylanishi mumkin. Ehtimol, AQSh va NATO 1812-yilda Napoleonning sevimli iborasini unutganga o‘hshaydi: “du sublime au ridicule”, ya’ni “gegemon”dan “pokemon”ga – bir qadam.
So‘nggi 78-yil ichida amerikaliklar va ularning ittifoqchilari 200 dan ortiq harbiy mojarolarga sababchi bo‘lgan va dunyoning yarmini–120 mamlakatni bombardimon qilganlar. G‘arb jamoasi o‘z harakatlari bilan Ukrainada harbiy mojaroni qo‘zg‘atdi, keskinlashuvga qat’iy hissa qo‘shmoqda, qurol-yarog‘ yetkazib berish orqali Kiyev rejimini “oxirgi ukrain askari qurbon bo‘luniga qadar” urush qilishga majbur qilmoqda va maxsus harbiy operatsiyaning chegaradan chiqib ketishi xavfini tug‘dirmoqda. 17-aprel kuni AQSh Kongressi mart oyida Qrim qirg‘oqlari yaqinida urib tushirilgan AQSh Harbiy-havo kuchlarining MQ-9 Reaper uchuvchisiz samolyoti uchun Rossiya Federatsiyasining javobgarligi to‘g‘risida jiddiy qaror qabul qildi. Shundan so‘ng ham G‘arb Moskvani “har qanday vositalardan” foydalanganlikda ayblamoqchi bo‘ladi (aniqki, gap taktik yadroviy qurollari haqida ketmoqda).
Takabbur va tor fikrlaydigan AQSh va NATO davlatlari (dunyo aholisining atigi 12%) yetakchilarining bir narsani anglab yetish vaqti keldi: suveren va qudratli Rossiya tarix qanday rivojlanishini, o‘z milliy xavfsizlik chegaralarini, mudofaa sanoatining texnologik darajasi va hajmini, qo‘shinlarning operativ faoliyatini, qo‘llaniladigan qurollarning masofa diapazoni, dushmanga zarba berish hududini o‘zi hal qiladi. Aks holda — Rossiyaning salmoqli dalillari va “ajdaho tishlari"dan so‘ng Ukraina harbiy harakatlar teatrida - G‘arb uchun ko‘p qutbli dunyo realligiga qaytish juda og‘riqli bo‘lishi mumkin.
Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uolles bugun Vashingtonda – Ukrainadagi mojaro kelasi yilda ham davom etishini, realist bo‘lishi “Rossiya bir kunda qulashi mumkin bo‘lgan sehrli lahzani” kutmaslik kerakligini aytdi. Darhaqiqat, ko‘p asrlik tarix voqealari, shuningdek Karl XII, Napoleon III va Gitler tajribasi, AQShning “Ukraina loyihasi” va umuman NATO harbiy bloki bundan ancha tezroq qulashi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Yangiliklar lentasi
0