Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 20-aprelning asosiy voqealari

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishSentralnaya chast goroda Artemovska.
Sentralnaya chast goroda Artemovska. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2023
Obuna bo‘lish
Artyomovsk va uning atrofida Rossiya qurolli kuchlari o‘tgan kun davomida Ukrainaning 470 nafar harbiy xizmatchilari va yollanma askarlari, uchta tanki, beshta BMPsi, 6ta zirhli mashinasi, "Grad" reaktiv tizimi va "Msta-B" gaubitsasini yo‘q qildi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyati Masutovka, Kraxmalnoe LXRning Novoselovskoe va Stelmaxovka aholi punktlari hududlarida dushmanning 50ka yaqin harbiy xizmatchilarini, ikkita zirhli jangovar mashinasi va ikkita yuk mashinasini yo‘q qildi.
Shuningdek, Xarkov viloyatining Sinkovka, Timkovka va LXRning Rozovka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning uch ta diversion-razvedka guruhining harakatlari to‘xtatildi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi DXRning Yampol, Seversk Maliy va Serebranka aholi punktlari hududlarida dushmanning 60 dan ortiq harbiy xizmatchilari, ikkita tanki, ikkita BMPsi, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi va D-30 gaubitsasini yo‘q qildi.
Donesk yo‘nalishida faol ko‘ngillilar guruhi Artemovsk shahrining g‘arbiy qismida dushmanni yo‘q qilish bo‘yicha faol operatsiyalarni davom ettirmoqda. "Janub" qo‘shinlar guruhining havo-desant bo‘linmalari va artilleriyasi hujum otradlarini qo‘llab-quvvatlashmoqda va qo‘shinlarni qanotdan himoya qilishmoqda.
Artyomovsk hududida Rossiya aviatsiyasi samolyotlari o‘tgan kun davomida 10 marotaba parvoz amalga oshirdi. "Janub" qo‘shinlar guruhi artilleriyasi dushmanning 64 ta o‘t ochish nuqtasini bostirdi.
Ushbu yo‘nalishda dushman so‘nggi sutka davomida 470 nafar harbiy xizmatchilar va yollanma askarlari, uchta tank, beshta BMP, oltita zirhli jangovar mashinasi, to‘rtta mashinasi, "Grad" reaktiv tizimi jangovar mashinasi va "Msta-B" gaubitsasi yo‘q qilindi.
Bundan tashqari, DXRning Vodanoe aholi punkti hududida UQKning 72-mexanizatsiyalashgan brigadasi o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Sharq" kuchlari guruhi DXRning Ugledar, Velika Novoselka va Shevchenko aholi punktlari hududlarida UQKning 30 nafari askarlari, zirhli jangovar mashinasi va D-30 gaubitsasi yo‘q qildi.
DXRning Pavlovka va Zaporojye viloyatining Malinovka aholi punktlari hududlarida UQKning ikkita diversion-razvedka guruhi harakatlari to‘xtatildi.
Xerson yo‘nalishida kun davomida artilleriya zarbalari natijasida 15 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar, ikkita mashina, AQSh tomonidan ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi va ikkita "Msta-B" gaubitsasi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi bir sutkada UQKning 127 ta pozitsiyada joylashgan 86 ta artilleriya bo‘linmalariga zarba berdi. Konstantinovka aholi punkti hududida UQK "Baxmut" guruhining birlashgan shtabiga zarba berildi.
DXRning Terniy va Tonenkoe aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining 25-havo-desant brigadasi va 116-hududiy mudofaa brigadasi batalonlarining uchta qo‘mondonlik va kuzatuv punktlariga zarba berildi.
Havo hujumidan mudofaa kuchlari kun davomida DXRning Vladimirovka, LXRning Kremennaya va Kuzemovka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning uchta uchuvchisiz uchish apparatini yo‘q qildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 411ta samolyot, 228 vertolot, 3779 uchuvchisiz uchish apparati, 415 zenit-raketa tizimi, 8757 tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1090 ko‘p raketali reaktiv jangovar texnika, 4626 dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 9631 dona maxsus harbiy mashinalarini yo‘qotdi.
Yangiliklar lentasi
0