Kiyev osmonida kuchli chaqnash sodir bo‘ldi — video

© Sputnik Blijnee zarubejyeYarkaya vspishka v nebe nad Kiyevom 19-aprelya 2023 goda.
Yarkaya vspishka v nebe nad Kiyevom 19-aprelya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2023
Obuna bo‘lish
Kiyev osmonidagi chaqnash kosmik jismning atmosferaning zich qatlamlariga kirishi bilan bog‘liq yuqori energiyali akustik hodisa deya tushuntirildi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Chorshanba kuni internetda Kiyev osmonida yorqin chaqnash aks etgan video paydo bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Kiyev shahar harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Popko hodisani “NASA kosmik sun’iy yo‘ldoshining Yerga qulashi natijasi” deb atadi.
AQSh kosmik agentligi RIA Novostiga bergan izohida bu ma’lumotni rad etdi.
O‘z navbatida, Vladimir Zelenskiy idorasi rahbari Andrey Yermak o‘zining Telegram-kanalida Kiyevdagi sirli chaqnash Ukraina havo mudofaasining natijasi ekanligini aytdi, biroq tez orada xabarni o‘chirib tashladi.
Ukraina qo‘shinlari Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi maslahatchisi Yuriy Ignat Kiyev uzra sun’iy yo‘ldosh yoki meteorit qulaganini taxmin qilib, “ma’lumotlarga aniqlik kiritilayotganini” qo‘shimcha qildi.
Yangiliklar lentasi
0