https://oz.sputniknews.uz/20230420/ikki-yilda-kartoshka-urugchiligiga-bolgan-ichki-talab-toliq-taminlanadi--34100865.html
Ikki yilda kartoshka urug‘chiligiga bo‘lgan ichki talab to‘liq ta’minlanadi
Ikki yilda kartoshka urug‘chiligiga bo‘lgan ichki talab to‘liq ta’minlanadi
Sputnik O‘zbekiston
Bugungi kunda O‘zbekistonda kartoshkaga bo‘lgan talab qariyb 4 million tonnani tashkil etadi.
2023-04-20T08:10+0500
2023-04-20T08:10+0500
2023-04-20T11:27+0500
jamiyat
prezident
shavkat mirziyoyev
kartoshka
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/11/34005862_0:69:1280:789_1920x0_80_0_0_db09b915d769d9087e0dbfe7675e4413.jpg
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev kartoshkachilikni rivojlantirishga qaratilgan reja va takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Sababi – sohada bir qancha muammolar bor. Masalan, bugungi kunda 253 ming gektarda kartoshka ekilayotgan bo‘lsa, o‘rtacha hosildorlik 163 sentnerni tashkil etmoqda. Chet ellardagiga qaraganda bu juda past ko‘rsatkich.Yana bir katta muammo urug‘chilik bilan bog‘liq. Aholi va dehqonchilik xo‘jaliklari elita va R1 urug‘lik o‘rniga import qilingan yoki mahalliy sifatsiz kartoshka ekmoqda.Yig‘ilishda ushbu dolzarb masalalarni hal etish, kartoshkachilik va uning urug‘chiligini rivojlantirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.Ulardan biri Samarqanddagi O‘zbekiston – Koreya qo‘shma korxonasidir. Uning imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida birinchi bosqichda Bulung‘ur, Toyloq va Samarqand tumanlaridan 500 gektar, ikkinchi bosqichda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Jizzax viloyatining Baxmal va Zomin, Qashqadaryo viloyatining Kitob va Shahrisabz tumanlaridan 2 ming gektar yer ajratish mo‘ljallanmoqda.Urug‘chilikni rivojlantirish uchun Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida 4 gektarlik, Samarqanddagi “Green Korea agro Invest” korxonasida 1 gektarlik issiqxona va sovutgichli omborxonalar qurish rejalashtirilgan.Davlat rahbari bu takliflarni ma’qullab, urug‘lik kartoshka yetishtirish hajmini oshirish va sifatini kafolatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.Qishloq xo‘jaligi vazirligiga 500 tonna elita kartoshka urug‘larini 1 ming 700 ta aholi tomorqalariga bepul tarqatish, kartoshka yetishtiruvchilarga imtiyozli mablag‘lar ajratish vazifasi qo‘yildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/11/34005862_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_ce88b909b518faef6f8969b95682bfc6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
prezident kartoshka
Ikki yilda kartoshka urug‘chiligiga bo‘lgan ichki talab to‘liq ta’minlanadi
08:10 20.04.2023 (yangilandi: 11:27 20.04.2023) Bugungi kunda O‘zbekistonda kartoshkaga bo‘lgan talab qariyb 4 million tonnani tashkil etadi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev kartoshkachilikni rivojlantirishga qaratilgan reja va takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar berdi. Bugungi kunda O‘zbekistonda kartoshkaga bo‘lgan talab qariyb 4 million tonnani tashkil etadi. Shuning 80 foizdan ziyodi O‘zbekistonda yetishtirilib, qolgan qismi import hisobidan to‘ldirilmoqda.
Sababi – sohada bir qancha muammolar bor. Masalan, bugungi kunda 253 ming gektarda kartoshka ekilayotgan bo‘lsa, o‘rtacha hosildorlik 163 sentnerni tashkil etmoqda. Chet ellardagiga qaraganda bu juda past ko‘rsatkich.
Yana bir katta muammo urug‘chilik bilan bog‘liq. Aholi va dehqonchilik xo‘jaliklari elita va R1 urug‘lik o‘rniga import qilingan yoki mahalliy sifatsiz kartoshka ekmoqda.
Yig‘ilishda ushbu dolzarb masalalarni hal etish, kartoshkachilik va uning urug‘chiligini rivojlantirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Bugungi kunda milliy genofondda 250 xil kartoshka navi mavjud bo‘lib, 4 ta korxona va ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan 27 ta navdan milliy urug‘ yaratish bo‘yicha ishlar boshlangan.
Ulardan biri Samarqanddagi O‘zbekiston – Koreya qo‘shma korxonasidir. Uning imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida birinchi bosqichda Bulung‘ur, Toyloq va Samarqand tumanlaridan 500 gektar, ikkinchi bosqichda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Jizzax viloyatining Baxmal va Zomin, Qashqadaryo viloyatining Kitob va Shahrisabz tumanlaridan 2 ming gektar yer ajratish mo‘ljallanmoqda.
Urug‘chilikni rivojlantirish uchun Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida 4 gektarlik, Samarqanddagi “Green Korea agro Invest” korxonasida 1 gektarlik issiqxona va sovutgichli omborxonalar qurish rejalashtirilgan.
Shu kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida 2025-yildan kartoshka urug‘chiligiga bo‘lgan ichki talab to‘liq ta’minlanishi qayd etildi.
Davlat rahbari bu takliflarni ma’qullab, urug‘lik kartoshka yetishtirish hajmini oshirish va sifatini kafolatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligiga 500 tonna elita kartoshka urug‘larini 1 ming 700 ta aholi tomorqalariga bepul tarqatish, kartoshka yetishtiruvchilarga imtiyozli mablag‘lar ajratish vazifasi qo‘yildi.