Mahallalardagi hokim yordamchilari Xitoyda amaliyot o‘taydi

© Sputnik / Bolat ShayxinovPortfel
Portfel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2023
Obuna bo‘lish
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Xitoyning “Chongqing” xalqaro hamkorlik trening markazi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. O‘zbekiston mahallalaridagi hokim yordamchilari Xitoyda amaliyot o‘taydi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lum qildi.
O‘zbekiston Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Xitoyning “Chongqing” xalqaro hamkorlik trening markazi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston mahallalaridagi 9 ming 400 nafar hokim yordamchilari “Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikni qisqartirish” mavzusida ikki hafta mobaynida xitoylik mutaxassislardan onlayn ta’lim oladi.
Mazkur loyihaning 2-bosqichida 200 nafar hokim yordamchilari shu yilning kuz oylarida Xitoyda ikki haftalik amaliyot o‘taydi.
Mazkur amaliyotni o‘tash bilan bog‘liq xarajatlar “Chongqing” xalqaro hamkorlik trening markazi tomonidan qoplab berilishi ko‘zda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0