https://oz.sputniknews.uz/20230420/hayit-namozi-34126309.html
Hayit namozi o‘qilishi tartibi - video
Hayit namozi o‘qilishi tartibi - video
Sputnik O‘zbekiston
Niyat: shu vaqtda vojib bo‘lgan Ramazon (yoki Qurbon) hayiti namozini barcha takbirlari bilan shu imomga iqtido qilib, yuzimni Ka’baning bir tarafiga qaratib, xolis Alloh uchun o‘qishga niyat qildim.
2023-04-20T15:07+0500
2023-04-20T15:07+0500
2023-04-20T15:07+0500
jamiyat
ramazon oyi
ramazon 2023
ramazon hayiti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/0f/32914056_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_5cf520ea3cbb3802fd9941e480ad8491.jpg
Ramazon hayiti - Iydul fitr deyiladi. Bu kun musulmonlar uchun xursandchilik, shodlik, kengchilik va bayram kunidir. Bu kun o‘zgacha shukuh va fazilatga ega. Musulmonlarning ikki muborak bayramlaridan biri hisoblanadi.Shu kuni masjidlarda hayit namozi ado etiladi.To‘liq niyat quyidagicha qilinadi: Shu vaqtda vojib bo‘lgan Ramazon (yoki Qurbon) hayiti namozini barcha takbirlari bilan shu imomga iqtido qilib, yuzimni Ka’baning bir tarafiga qaratib, xolis Alloh uchun o‘qishga niyat qildim.Hayit namozi sunnatlariRamazon hayiti namoziga chiqishdan avval biror narsa, shirinliklar yeb olinadi. Rivoyatlarida zikr qilinishicha, payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Ramazon hayitiga xurmo yeb chiqar ekanlar. Ularni toq holda yer ekanlar. (Ammo Qurbon hayitida bo‘lsa, hech nima yemasdan chiqiladi).Hayit namozlariga borishda misvok qilib va alohida g‘usl qilib olish. Misvokning barcha namozlar oldidan qilinishi sunnat ekanligi mashhurdir.Chiroyli, yangi, yuvilgan kiyimlarni kiyish.Hayit namozidan oldin “sadaqai fitr”ni ado etish vojibdir. Ushbu fitr sadaqasini namozdan oldin ado qilsa ham joizdir.Hayit namoziga erta borish. Ya’ni masjidga erta borib, hayit namoziga shay turish, xutba va ma’ruzalarga quloq tutish savobli amal hisoblanadi.Hayitga borishda boshqa yo‘ldan, qaytishda esa boshqa yo‘ldan kelishga harakat qilish. Zotan boshqa-boshqa yo‘llardan yurishda, savobning qadamlar hisobiga ko‘payishi, musulmonlarni ko‘rib-so‘rashish, hayitga chiqqaniga guvohlarning ko‘payishi hollari yuz beradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/0f/32914056_171:0:2900:2047_1920x0_80_0_0_f60b5403c7d5c4be452efe30b2e22440.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hayit namozi qanday o‘qiladi xayit namozini o‘qish tartibi niyati o‘qilishi o‘rganish erkaklar uchun necha rakat hayit namozi qanday o‘qiladi xayit namozini o‘qish tartibi niyati o‘qilishi o‘rganish erkaklar uchun
hayit namozi qanday o‘qiladi xayit namozini o‘qish tartibi niyati o‘qilishi o‘rganish erkaklar uchun necha rakat hayit namozi qanday o‘qiladi xayit namozini o‘qish tartibi niyati o‘qilishi o‘rganish erkaklar uchun
Hayit namozi o‘qilishi tartibi - video
Hayit namozi ikki rakatdan iborat bo‘ladi.
Ramazon hayiti - Iydul fitr deyiladi. Bu kun musulmonlar uchun xursandchilik, shodlik, kengchilik va bayram kunidir. Bu kun o‘zgacha shukuh va fazilatga ega. Musulmonlarning ikki muborak bayramlaridan biri hisoblanadi.
Shu kuni masjidlarda hayit namozi ado etiladi.
To‘liq niyat quyidagicha qilinadi: Shu vaqtda vojib bo‘lgan Ramazon (yoki Qurbon) hayiti namozini barcha takbirlari bilan shu imomga iqtido qilib, yuzimni Ka’baning bir tarafiga qaratib, xolis Alloh uchun o‘qishga niyat qildim.
1.
Alloh rizoligi uchun hayit (Ramazon yoki Qurbon) namozini o‘qishga niyat qilinadi.
2.
Imom “Allohu akbar” deya takbir aytgach jamoat ham qo‘llarini ko‘tarib, ichida iftitoh takbiri (Allohu akbar)ni aytadi.
3.
Takbir aytilganidan so‘ng, qo‘lni qovushtirib turib, har kim ichida sano duosini o‘qiydi. So‘ngra imom qo‘llarini quloqlariga ko‘tarib, uch marta takbir aytadi. Jamoat ham unga ergashadi. Birinchi va ikkinchi takbirda qo‘llar yon tomonga tushiriladi. Uchinchi takbirdan so‘ng qo‘llar bog‘lanib, qiyom holida turiladi.
4.
Imom ichida “A’uzu”ni va “Bismillah”ni aytib, ovoz chiqarib “Fotiha” surasini va zam surani o‘qiydi. Takbir aytib ruku va sajda ado etiladi.
5.
Shundan so‘ng ikkinchi rakatga turiladi. Imom “Fotiha” surasi bilan zam sura o‘qigach, rukuga bormay turib, xuddi birinchi rakatdagi kabi uch marta takbir aytadi.
6.
To‘rtinchi takbirda qo‘l ko‘tarmasdan imom orqasidan ruku va sajda ado qilinadi.
7.
Sajdadan so‘ngra “Attahiyyot”, “Salovat” va “Duo” o‘qilib, salom berilib, namoz tugatiladi.
Ramazon hayiti namoziga chiqishdan avval biror narsa, shirinliklar yeb olinadi. Rivoyatlarida zikr qilinishicha, payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Ramazon hayitiga xurmo yeb chiqar ekanlar. Ularni toq holda yer ekanlar. (Ammo Qurbon hayitida bo‘lsa, hech nima yemasdan chiqiladi).
Hayit namozlariga borishda misvok qilib va alohida g‘usl qilib olish. Misvokning barcha namozlar oldidan qilinishi sunnat ekanligi mashhurdir.
Chiroyli, yangi, yuvilgan kiyimlarni kiyish.
Hayit namozidan oldin “sadaqai fitr”ni ado etish vojibdir. Ushbu fitr sadaqasini namozdan oldin ado qilsa ham joizdir.
Hayit namoziga erta borish. Ya’ni masjidga erta borib, hayit namoziga shay turish, xutba va ma’ruzalarga quloq tutish savobli amal hisoblanadi.
Hayitga borishda boshqa yo‘ldan, qaytishda esa boshqa yo‘ldan kelishga harakat qilish. Zotan boshqa-boshqa yo‘llardan yurishda, savobning qadamlar hisobiga ko‘payishi, musulmonlarni ko‘rib-so‘rashish, hayitga chiqqaniga guvohlarning ko‘payishi hollari yuz beradi.