Qatardagi JChda qatnashadigan dzudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi ma’lum qilindi

© Federatsiya dzudo UzbekistanaChempionat Uzbekistana sredi yuniorov
Chempionat Uzbekistana sredi yuniorov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2023
Obuna bo‘lish
Dzudo bo‘yicha navbatdagi jahon chempionatida 18 nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etadi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etuvchi o‘zbekistonlik dzudochilar tarkibi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Qatar poytaxti Doxa shahrida 7-14 may kunlari dzudo bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada butun dunyodan tashrif buyuradigan sportchilar jahon chempionligi qatori Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari yo‘lida eng yirik reyting ochkolari uchun ham kurash olib borishadi.
O‘zbekiston dzudo federatsiyasi unda mamlakat sharafini himoya qiladigan sportchilar nomini ma’lum qildi. Demak, jahon chempionati 18 nafar o‘zbekistonlik dzudochilar ishtirok etadi.
Unga ko‘ra, terma jamoa quyidagi tarkibda jahon chempionatiga yo‘l oladi:
Erkaklar:
-60 kg: Dilshod Barotov
-66 kg: Sardor Nurillayev va Muhriddin Tilovov
-73 kg: Obidxon No‘monov va Murodjon Yo‘ldoshev
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev
+100 kg: Alisher Yusupov va Shohrux Baxtiyorov
Ayollar:
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-52 kg: Diyora Keldiyorova va Sita Qadamboyeva
-57 kg: Nilufar Ermagambetova va Shukurjon Aminova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova va Shohista Nazarova
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
+78 kg: Rinata Ilmatova
Yangiliklar lentasi
0