Belarusdan O‘zbekistonga mashhur jurnalist va blogerlar keladi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishPovsednevnaya jizn v Uzbekistane
Povsednevnaya jizn v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2023
Obuna bo‘lish
Press-tur joriy yilning 20-27 aprel kunlari Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri bo‘ylab tashkil etiladi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. 20-27 aprel kunlari belaruslik mashhur jurnalistlar va blogerlar O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Madaniyat va turizm vazirligi O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasi bilan hamkorlikda Belarusning bir qator yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlari uchun O‘zbekiston bo‘ylab press-tur tashkil etadi.
Ushbu press-tur davomida Belarus xalqi uchun O‘zbekistonning turizm salohiyati va boy madaniy merosi haqida ma’lumot beruvchi materiallar tayyorlash hamda qisqa metrajli filmlarni (videorolik) suratga olish rejalashtirilmoqda.
Press-tur qatnashchilarining ijtimoiy tarmoqlardagi umumiy auditoriyasi 10 million nafardan oshiq.
Press-tur joriy yilning 20-27 aprel kunlari Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri bo‘ylab tashkil etiladi.
Mazkur delegatsiya uchun tashkil etilayotgan press-turdan ko‘zlangan maqsad – Belarusdan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini ko‘paytirishdir.
Yangiliklar lentasi
0