Sirdaryoda “Yoshlar forumi” o‘tkaziladi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishStudenti v auditorii
Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2023
Obuna bo‘lish
Forum dasturidan Shirin shahrida “Yoshlar markazi”ning tantanali ochilish marosimi o‘rin olgan.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida 20-aprel kuni “Yoshlar forumi” bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Mazkur forumda shahar markazida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va filiallari yoshlari, Energetika sohasi faxriylari ishtirokida xayriya marafoni o‘tkaziladi.

“Sirdaryo viloyatida energetika sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun “Yoshlar forumi” tashkil etilmoqda. Unda biz Shirin shahri markazidagi “Yoshlar markazi”ning tantanali ochilishi marosimini o‘tkazamiz. Ushbu markaz sohadagi barcha intiluvchan yoshlarni bir nuqtaga birlashtirib, ularning mahoratlarini oshirish, kelgusida kerakli yo‘nalishlarda mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun tashkil etilgan”, - dedi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati rahbari Muhammadjon Bekmuhammedov.

Forum doirasida Sirdaryo IES va ACWA POWER stansiyalariga maxsus press-tur uyushtiriladi. Unda viloyat energetika sohasidagi yutuqlar, amalga oshirilayotgan ishlar va yangi loyihalar haqida ma’lumotlar taqdim etiladi.
Shuningdek, belgilangan maydonlarda “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida daraxtlar ekish aksiyasi tashkil etiladi. Tadbirlarda yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan 400 dan ortiq yoshlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Kechki dasturda yoshlar uchun taniqli estrada va kino yulduzlari ishtirokida gala-konsert taqdim etiladi.
Yangiliklar lentasi
0