https://oz.sputniknews.uz/20230419/rossiya-termasi-34074169.html
Rossiya termasi Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi chempionatida qatnashmasligini ma’lum qildi
Rossiya termasi Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi chempionatida qatnashmasligini ma’lum qildi
Sputnik O‘zbekiston
Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) chempionatida qatnashmaydi. Bu haqda Rossiya futbol ittifoqi bosh kotibi Maksim Mitrofanov ma’lum qildi.
2023-04-19T14:41+0500
2023-04-19T14:41+0500
2023-04-19T14:42+0500
sport
futbol
rossiya
markaziy osiyo futbol assotsiatsiyasi (cafa)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/0e/32880971_0:0:2934:1651_1920x0_80_0_0_44083ebd2368797fe6bde4d7981fc944.jpg
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) chempionatida qatnashmaydi. Bu haqda Rossiya futbol ittifoqi bosh kotibi Maksim Mitrofanov ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, bu borasida qator savollar, xususan, futbolchilar yelkasiga tushadigan katta yuklama bilan bog‘liq savol bo‘lgan.Avvalroq Tojikiston futbol federatsiyasi RIA Novostiga Rossiya terma jamoasi CAFA turnirida ishtirok etishini tasdiqlagani haqida xabar bergan edi. Keyinroq Rossiya futbol ittifoqi terma jamoaning ishtirok etish imkoniyati va shartlari hozircha muhokama qilinayotganini ma’lum qildi. Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Aleksandr Dukov yakuniy qaror aprel oyida qabul qilinishi aytgan edi.Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi 2014-yilda tashkil etilgan. Uning tarkibiga Afg‘oniston, Eron, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston futbol federatsiyalari kiradi. 9-21 iyun kunlari Bishkek va Toshkent shaharlarida tarixda ilk bor CAFA chempionati o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/0e/32880971_123:0:2854:2048_1920x0_80_0_0_88458f1df194d77cd77884281a382b0a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya terma jamoasi markaziy osiyo futbol assotsiatsiyasi (cafa) chempionat
rossiya terma jamoasi markaziy osiyo futbol assotsiatsiyasi (cafa) chempionat
Rossiya termasi Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi chempionatida qatnashmasligini ma’lum qildi
14:41 19.04.2023 (yangilandi: 14:42 19.04.2023) Rossiya terma jamoasi ilk bor tashkil etilayotgan CAFA musobaqasida ishtirok etishdan bosh tortdi
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) chempionatida qatnashmaydi. Bu haqda Rossiya futbol ittifoqi bosh kotibi Maksim Mitrofanov ma’lum qildi.
“Biz kecha CAFA ga rasmiy maktub yo‘lladik, hamkasblarimizni xabardor qildik. Bizning qator tashkiliy qiyinchiliklarimiz bor, biz, afsuski, bosh tortishga majbur bo‘ldik”, -
dedi Mitrofanov jurnalistlarga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu borasida qator savollar, xususan, futbolchilar yelkasiga tushadigan katta yuklama bilan bog‘liq savol bo‘lgan.
Avvalroq Tojikiston futbol federatsiyasi RIA Novostiga Rossiya terma jamoasi CAFA turnirida ishtirok etishini tasdiqlagani haqida
xabar bergan edi. Keyinroq Rossiya futbol ittifoqi terma jamoaning ishtirok etish imkoniyati va shartlari hozircha muhokama qilinayotganini ma’lum qildi. Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Aleksandr Dukov yakuniy qaror aprel oyida qabul qilinishi aytgan edi.
Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi 2014-yilda tashkil etilgan. Uning tarkibiga Afg‘oniston, Eron, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston futbol federatsiyalari kiradi. 9-21 iyun kunlari Bishkek va Toshkent shaharlarida tarixda ilk bor CAFA chempionati o‘tkazilishi rejalashtirilgan.