“O‘zkomnazorat” telefonni quvvatlashda bepul stansiyalardan foydalanish xavfidan ogohlantirdi
© Sputnik / Yevgeniya Novojenina
/ Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, ba’zi hollarda jinoyatchilar zarad stansiyalariga ulangan kabellarni ataylab tashlab ketishadi.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi mobil telefonlarni quvvatlantirish uchun bepul quvvatlash stansiyalaridan foydalanmaslikka chaqirdi.
“Sayohat qilishni rejalashtirapsizmi? Shubhasiz, sizda mobil telefon yoki boshqa ko‘chma qurilma bor va bir nuqtada uni qayta quvvatlashingiz kerak bo‘ladi. Batareyangiz o‘chib qolgan bo‘lsa, shuni yodda tutingki, elektron qurilmangizni aeroportlar va mehmonxonalar qabulxonasidagi bepul USB port bilan quvvatlash stansiyalarida qayta quvvatlash teskari natija berishi mumkin”, - deyiladi inspeksiya xabarida.
Kiberxavfsizlik bo‘yicha ekspertlar ogohlantirishicha, tajovuzkorlar quvvat olayotgan paytda elektron qurilmalarga zararli dasturlarni ommaviy USB zaradlash stansiyalariga yuklashlari mumkin. Buzilgan USB port orqali o‘rnatilgan zararli dastur qurilmani qulflashi yoki shaxsiy ma’lumotlar va parollarni bevosita tajovuzkorga eksport qilishi mumkin. Jinoyatchilar keyinchalik bu ma’lumotlardan onlayn hisoblarga kirish uchun foydalanishlari yoki uni boshqa hujumchilarga sotishlari mumkin.
Qayd etilishicha, ba’zi hollarda jinoyatchilar quvvatlash stansiyalariga ulangan kabellarni ataylab tashlab ketishadi. Hatto infeksiyalangan kabellar reklama sovg‘asi sifatida berilgani haqida xabarlar bor.
Shuningdek, mutaxassislar qurbon bo‘lmaslikka yordam beradigan ba’zi maslahatlarni keltirib o‘tgan:
ommaviy USB quvvatlash stansiyasidan foydalanmang. Buning o‘rniga AC rozetkasidan foydalaning;
sayohatda avtomobil quvvatlovchi qurilmalari va USB kabellaringizni oling;
o‘zingiz bilan portativ quvvatlovchi yoki tashqi batareyani olib yuring;
ishonchli yetkazib beruvchidan quvvat olayotganda ma’lumotlarni jo‘natish yoki qabul qilishdan saqlaydigan faqat quvvatlovchi kabeldan foydalanishni o‘ylab ko‘ring;
agar siz qurilmangizni USB portiga ulasangiz va sizga “Ma’lumotlarni almashish” yoki “Faqat quvvatlash”ni tanlash taklif qilinsa, har doim “Faqat quvvatlash”ni tanlang.