O‘zbekistondan Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordami yetkazildi — foto
© Xokimiyat Surxandarinskoy oblastiUzbekistan napravil Afganistanu gruzovikov s gumpomoshyu
© Xokimiyat Surxandarinskoy oblasti
Obuna bo‘lish
Afg‘on xalqiga 185 tonnadan ortiq zarur oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan navbatdagi insonparvarlik yuklari Hayraton shahriga yetkazildi.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. O‘zbekistondan afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami yetkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, afg‘on xalqiga 185 tonnadan ortiq zarur oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan navbatdagi insonparvarlik yuklari karvoni Hayraton chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatning Balx viloyati shimolidagi Hayraton shahriga yetkazildi.
© Xokimiyat Surxandarinskoy oblastiUzbekistan napravil Afganistanu gruzovikov s gumpomoshyu
Uzbekistan napravil Afganistanu gruzovikov s gumpomoshyu
© Xokimiyat Surxandarinskoy oblasti
Insonparvarlik yordami tarkibi:
48 tonna un;
48 tonna bug‘doy;
15,7 tonna o‘simlik yog‘i;
10 ming 20 dona konservalangan go‘sht mahsulotlari (tushonka);
22 tonna makaron;
24 tonna shakar;
100 ming dona tez tayyorlanadigan lapsha (Hot lanch).
© Xokimiyat Surxandarinskoy oblastiUzbekistan napravil Afganistanu gruzovikov s gumpomoshyu
Uzbekistan napravil Afganistanu gruzovikov s gumpomoshyu
© Xokimiyat Surxandarinskoy oblasti
Shu munosabat bilan Hayraton shahridagi Astras kompaniyasi hududida O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Anvar Oripov, Afg‘oniston Iqtisodiyot vaziri Dilmuhammad Hanif va boshqa rasmiylar ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
© Xokimiyat Surxandarinskoy oblastiUzbekistan napravil Afganistanu gruzovikov s gumpomoshyu
Uzbekistan napravil Afganistanu gruzovikov s gumpomoshyu
© Xokimiyat Surxandarinskoy oblasti
Shuningdek, ikki davlat rasmiylari ishtirokida hududlarning o‘zaro savdo-iqtisodiy va gumanitar sohadagi hamkorligini rivojlantirish borasida muzokaralar o‘tkazildi.
© Xokimiyat Surxandarinskoy oblastiUzbekistan napravil Afganistanu gruzovikov s gumpomoshyu
Uzbekistan napravil Afganistanu gruzovikov s gumpomoshyu
© Xokimiyat Surxandarinskoy oblasti
Ta’kidlanishicha, tadbirda ishtirok etgan afg‘onistonlik rasmiylar Muborak Ramazon oyida ko‘rsatilayotgan bu kabi amaliy yordam uchun O‘zbekiston xalqiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.