https://oz.sputniknews.uz/20230419/ozbekiston-referendum-34049972.html
O‘zbekistonda referendumda muddatidan oldin ovoz berish boshlandi
O‘zbekistonda referendumda muddatidan oldin ovoz berish boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Referendumda muddatidan oldin ovoz berish uchun saylov uchastkalari ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha, shuningdek dam olish va bayram kunlari soat 12:00 dan 16:00 gacha ochiq bo‘ladi.
2023-04-19T08:57+0500
2023-04-19T08:57+0500
2023-04-19T11:52+0500
referendum — 2023
o‘zbekiston
referendum
siyosat
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/13/34050493_0:205:960:745_1920x0_80_0_0_4d67982f2175c10a5a08fa64e41d4f0b.jpg
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Bugun O‘zbekistonda referendum bo‘yicha muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlanmoqda. Siyosiy tadbirda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar ovoz berish uchun uchastka saylov komissiyasiga murojaat qilishi kerak.O‘zbekistonda 19-26 aprel kunlari yangi Konstitutsiya to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha referendumda muddatidan oldin ovoz berish bo‘lib o‘tadi. Jarayon referendumdan o‘n kun oldin boshlanadi va referendumga uch kun qolganda tugaydi.Fuqaro muddatidan oldin ovoz berish uchun uchastka komissiyasiga saylov kuni bo‘la olmaslik sababini (ta’til, xizmat safari, xorijga chiqish) ko‘rsatgan holda ariza bilan murojaat qilishi kerak.Referendumda muddatidan oldin ovoz berish uchun saylov uchastkalari ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha, shuningdek, dam olish va bayram kunlari soat 12:00 dan 16:00 gacha ochiq bo‘ladi.Ovoz beruvchi tegishli uchastka komissiyasiga bo‘la olmaslik sabablarini ko‘rsatgan ariza asosida bulleten oladi. To‘ldirilgan bulleten yopiq konvertga solinib, maxsus seyfda saqlanadi.30 aprel kuni ovoz berish jarayoni yakunlangandan so‘ng, muddatidan oldin ovoz berganlarning konvertga solingan bulletenlari ovoz berish qutisiga tashlanadi.Referendum uchatkalari ish kunlari Moskva vaqti bilan soat 7:00-16:00 da, dam olish va bayram kunlari soat 10:00-14:00 da ochiq bo‘ladi. Rossiyada referendumning asosiy kunida ovoz berish uchastkalari Moskvadagi elchixona hududi, shuningdek, Vladivostok, Yekaterinburg, Qozon, Novosibirsk, Rostov-Don va Sankt-Peterburgdagi bosh konsulliklardagijami yettita saylov uchastkasi ochiladi. Shuningdek, mamlakatning 49 ta hududida ko‘chma ovoz berish puktlari tashkil etiladi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda referendumning asosiy kuni 30-aprel kuniga belgilangan. “Referendum to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, referendum kuni o‘z yashash joyida bo‘la olmaydigan O‘zbekiston fuqarosi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.Referendumga “Siz “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini qabul qilasizmi?”, degan masala olib chiqiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20230417/konstitutsiya-referendum-33993233.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/13/34050493_0:115:960:835_1920x0_80_0_0_cfa4d63f4d25309b5452f3f03559ea5a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston referendum 2023
o‘zbekiston referendum 2023
O‘zbekistonda referendumda muddatidan oldin ovoz berish boshlandi
08:57 19.04.2023 (yangilandi: 11:52 19.04.2023) Referendumda muddatidan oldin ovoz berish uchun saylov uchastkalari ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha, shuningdek, dam olish va bayram kunlari soat 12:00 dan 16:00 gacha ochiq bo‘ladi.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Bugun O‘zbekistonda referendum bo‘yicha muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlanmoqda. Siyosiy tadbirda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar ovoz berish uchun uchastka saylov komissiyasiga murojaat qilishi kerak.
O‘zbekistonda 19-26 aprel kunlari yangi Konstitutsiya to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha referendumda muddatidan oldin ovoz berish bo‘lib o‘tadi. Jarayon referendumdan o‘n kun oldin boshlanadi va referendumga uch kun qolganda tugaydi.
Fuqaro muddatidan oldin ovoz berish uchun uchastka komissiyasiga saylov kuni bo‘la olmaslik sababini (ta’til, xizmat safari, xorijga chiqish) ko‘rsatgan holda ariza bilan murojaat qilishi kerak.
Referendumda muddatidan oldin ovoz berish uchun saylov uchastkalari ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha, shuningdek, dam olish va bayram kunlari soat 12:00 dan 16:00 gacha ochiq bo‘ladi.
Ovoz beruvchi tegishli uchastka komissiyasiga bo‘la olmaslik sabablarini ko‘rsatgan ariza asosida bulleten oladi. To‘ldirilgan bulleten yopiq konvertga solinib, maxsus seyfda saqlanadi.
30 aprel kuni ovoz berish jarayoni yakunlangandan so‘ng, muddatidan oldin ovoz berganlarning konvertga solingan bulletenlari ovoz berish qutisiga tashlanadi.
Referendum uchatkalari ish kunlari Moskva vaqti bilan soat 7:00-16:00 da, dam olish va bayram kunlari soat 10:00-14:00 da ochiq bo‘ladi.
Rossiyada referendumning asosiy kunida ovoz berish uchastkalari Moskvadagi elchixona hududi, shuningdek, Vladivostok, Yekaterinburg, Qozon, Novosibirsk, Rostov-Don va Sankt-Peterburgdagi bosh konsulliklardagijami yettita saylov uchastkasi ochiladi. Shuningdek, mamlakatning 49 ta hududida ko‘chma ovoz berish puktlari tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda referendumning asosiy kuni 30-aprel kuniga belgilangan. “Referendum to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, referendum kuni o‘z yashash joyida bo‘la olmaydigan O‘zbekiston fuqarosi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Referendumga “Siz “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini qabul qilasizmi?”, degan masala olib chiqiladi.