Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 19-aprelning asosiy voqealari

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishPodgotovka shturmovix grupp VDV na poligone v yujnom sektore SVO.
Podgotovka shturmovix grupp VDV na poligone v yujnom sektore SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya harbiy havo kuchlari va havo hujumidan mudofaa kuchlari bir sutkada Ukrainaning 4 ta samolyoti, 6 ta uchuvchisiz apparatini urib tushirdi.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi tomonidan olib borilayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi kun davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi LXRning Novoselovskoe, Xarkov viloyatining Kotlyarovka, Zagoruykovka, Ivanovka va Pershotravne aholi punktlari hududlarida dushmanning 120 dan ortiq askarlari, bitta tanki ikkita zirhli jangovar mashinasi, ikkita avtomobili va "Grad" reaktiv tizimi jangovar mashinasini yo‘q qildi.
Dvurechnaya aholi punkti yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining 3-tank brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi. Bundan tashqari, Xarkov viloyatining Sinkovka va Orlyanskoe aholi punktlari hududlarida Ukrainaning ikkita diversion-razvedka guruhining harakatlari to‘xtatildi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi LXRning Nevskoe, Chervonaya Dibrova, DXRning Grigorovka aholi punktlari hududlarida UQKning 75 nafar harbiy xizmatchisi va ikkita zirhli jangovar texnikasini yo‘q qildi.
Donesk yo‘nalishida hujumchi otradlari bir sutkada Artyomovsk shahrining shimoli-g‘arbiy, markaziy va janubi-g‘arbiy qismlarining to‘rtdan uch qismini ozod qildi. Havo-desant qo‘shinlari shaharni shimoliy va janubiy chekkalaridan to‘sib qo‘yishdi.
"Janub" qo‘shinlar guruhi aviatsiyasi o‘tgan kun davomida aviatsiya to‘rtta parvozni amalga oshirdi, guruh artilleriyasi 67 ta o‘t ochish nuqtasini bostirdi.
DXRning Stupochki, Krasnoe aholi punktlari hududlarida, shuningdek, Artyomovsk shahrining shimoli-g‘arbiy va markaziy qismlarida Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumga urinishlari bartaraf etildi.
DXRning Krasnogorovka aholi punkti yaqinida UQKning 68-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida kun davomida dushmanning 380 ta harbiy xizmatchisi, bitta tanki, ikkita BMPsi, beshta zirhli jangovar mashinasi, sakkizta mashinasi, "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, D-20 gaubitsasi va "Grad" reaktiv tizimi jangovar avtomobili yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Sharq" qo‘shinlari guruhi DXRning Ugledar, Pavlovka, Zaporojye viloyatining Chervonnoe, Malaya Tokmachka va Kamenskoe aholi punktlari hududlarida dushmanning 120 nafar askarini, ikkita zirhli jangovar texnikasi, ikkita avtomobili va "Msta-B" gaubitsasini yo‘q qildi.
Bundan tashqari, Donesk Xalq Respublikasining Vladimirovka va Neskuchnoe aholi punktlari hududlarida Ukrainaning ikki qo‘poruvchi - razvedka guruhining harakatlari to‘xtatildi.
Xerson yo‘nalishida bir sutkada 30 ga yaqin ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita avtomobil, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi va D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi. Zmiyevka qishlog‘i yaqinida 126-hududiy mudofaa brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Aviatsiya, raketa kuchlari va artilleriya kun davomida Ukraina Qurolli Kuchlarining 133ta hududda joylashgan 98 ta artilleriya bo‘linmalariga zarba berdi.
DXRning Seversk Maliy aholi punkti hududida Ukraina Qurolli kuchlarining Severskiy Donesk darosi orqali o‘tadigan pontonli ko‘prik vayron qilindi. Avdeyevka qishlog‘i yaqinida Ukraina Qurolli kuchlari 110-mexanizatsiyalashgan brigadasi bataloni qo‘mondonlik va kuzatuv postiga zarba berildi. Konstantinovka qishlog‘i yaqinida UQKning 17-tank brigadasining harbiy texnikasi uchun yoqilg‘i ombori yo‘q qilindi.
Rossiya Aerokosmik kuchlari aviatsiyasi bir kunda Ukraina Harbiy-havo kuchlarining uchta samolyotini urib tushirdi, jumladan: DXRning Novoukrainka va Sergeyevka aholi punktlari hududlarida ikkita MiG-29, Xarkov viloyatining Dolgenkoe qishlog‘i yaqinida Su-25 samolyotlari urib tushirildi.
Havo mudofaa kuchlari Ukraina harbiy-havo kuchlarining yana bir Su-25 samolyoti DXRning Ugledar qishlog‘i hududida tomonidan urib tushirildi.
Bundan tashqari, Xerson viloyatidagi Podo-Kalinovka, DXRning Komsomolskoe, LXRning Novogorovka, Ilinka va Chervonopovka aholi punktlari hududlarida HIMARS (AQSh) ko‘p raketali tizimining to‘rtta raketasi tutib olindi va Ukrainaning 6 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 411 ta samolyot, 228 ta vertolot, 3776 ta uchuvchisiz uchish apparati, 415 ta zenit-raketa kompleksi, 8732 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1089 ta ko‘p raketali tizimlar jangovar texnikasi, 4619 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 9617 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0