Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Referendum — 2023
O‘zbekistonda Konstitutsiya islohoti: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha umumxalq referendumi 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar 65% ga yangilangan Konstitutsiyani qabul qilish yoki qilmaslik uchun ovoz beradi.

Rossiyada referendumda qayerda ovoz berish mumkin – uchastkalar manzili

© Sputnik / Mariya DevaxinaZdanie posolstva Respubliki Uzbekistan v Moskve.
Zdanie posolstva Respubliki Uzbekistan v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi, Sankt-Peterburg, Rostov-Don, Yekaterinburg, Qozon, Novosibirsk, Vladivostokdagi bosh konsulxonalarida ovoz berishlari mumkin.
O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Rossiyada 7 ta referendum uchastkasi tuzilgan. Ular O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi, Sankt-Peterburg, Rostov-Don, Yekaterinburg, Qozon, Novosibirsk, Vladivostokdagi bosh konsulxonalarida ochiladi. Shuningdek, mamlakatning 49 ta hududida ko‘chma saylov puktlari tashkil etildi.
Sputnik Rossiyada referendum kuni ovoz berish mumkin bo‘lgan uchastkalar ro‘yxatini tuzdi.
Ro‘yxat:
1. O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi
Manzil: Moskva sh., Pogorelskiy pereulok 12
Call - markaz: +7 499 2383620 +7 499 2300032
+7 499 2300076
2. O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasi
Manzil: Sankt-Peterburg shahri, 4-Krasnoarmeyskaya ko‘chasi, 4A uy
Telefon: +78126010628
3. Rostov-Don shahridagi bosh konsulxona
Manzil: Rostov-na-Donu shahri, Suvorov ko‘chasi, 28 uy
4. Yekaterinburg shahridagi bosh konsulxona
Manzil: Yekaterinburg shahri, Karl Libknext ko‘chasi, 22-uy, 415-ofis
5. Qozon shahridagi bosh konsulxona
Manzil: Tatariston Respublikasi, Qozon shahri, Spartakovskaya ko‘chasi, 6-uy
6. Novosibirsk shahridagi bosh konsulxona
Manzil: Lomonosov ko‘chasi, 55 B-uy
7. Vladivostok shahridagi bosh konsulxona
Manzil: Vladivostok shahri, Verxneportovaya ko‘chasi, 46-uy
Yangiliklar lentasi
0