https://oz.sputniknews.uz/20230419/davlat-xizmatlari-34087396.html
Qo‘shimcha to‘lov evaziga uydan chiqmay davlat xizmatlarini olish mumkin bo‘ladi
Qo‘shimcha to‘lov evaziga uydan chiqmay davlat xizmatlarini olish mumkin bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2023-yil 1-oktabrdan davlat xizmatlarini qo‘shimcha to‘lov asosida maxsus texnik qurilmalar yordamida xizmat ko‘rsatuvchi xodimni joyiga chiqqan holda ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.
2023-04-19T18:23+0500
2023-04-19T18:23+0500
2023-04-19T18:23+0500
jamiyat
o‘zbekiston
yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1001/84/10018461_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_838195c4f372d3cab1c5d5b49e2f837c.jpg
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 2023-yil 1-oktabrdan davlat xizmatlarini qo‘shimcha to‘lov asosida maxsus texnik qurilmalar yordamida xizmat ko‘rsatuvchi xodimni joyiga chiqqan holda ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. Adliya vazirligi buni nazarda tutuvchi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.Loyihaga ko‘ra, ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuborish uchun Call-markaz, rasmiy veb-sayt va telegram-botga murojaat qiladi.Bundan davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilovchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan to‘lovlar mustasno.Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishni har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi va to‘langan to‘lov summasi qaytarilmaydi.Bu tartib eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi guvohnomasiga almashtirish, O‘zbekiston fuqarosi, O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasini hamda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishga nisbatan tatbiq etilmaydi.Shuningdek, bu xizmat jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini berishda ko‘rsatilmaydi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1001/84/10018461_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_714a379b7852a316b29e1a4d5b77aa36.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiton davlat xizmatlari
o‘zbekiton davlat xizmatlari
Qo‘shimcha to‘lov evaziga uydan chiqmay davlat xizmatlarini olish mumkin bo‘ladi
Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Call-markaz, rasmiy veb-sayt va telegram-botga murojaat qiladi.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 2023-yil 1-oktabrdan davlat xizmatlarini qo‘shimcha to‘lov asosida maxsus texnik qurilmalar yordamida xizmat ko‘rsatuvchi xodimni joyiga chiqqan holda ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. Adliya vazirligi buni nazarda tutuvchi qonun loyihasini jamoatchilik
muhokamasiga qo‘ydi. Loyihaga ko‘ra, ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuborish uchun Call-markaz, rasmiy veb-sayt va telegram-botga murojaat qiladi.
Davlat xizmatlarini joyiga chiqqan holda ko‘rsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuborish Toshkent shahrida BHMning 1 baravari, viloyat markazlarida BHMning 50 foizi, tumanlarda BHMning 40 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undiriladi.
Bundan davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilovchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan to‘lovlar mustasno.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishni har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi va to‘langan to‘lov summasi qaytarilmaydi.
Bu tartib eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi guvohnomasiga almashtirish, O‘zbekiston fuqarosi, O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasini hamda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Shuningdek, bu xizmat jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini berishda ko‘rsatilmaydi.