Baxtiyor Saidov arab davlatlari elchilari bilan iftorlik qildi

© Baxtiyor SaidovBaxtiyor Saidov prinyal uchastie v iftare vmeste s poslami arabskix gosudarstv v Uzbekistane
Baxtiyor Saidov  prinyal uchastie v iftare vmeste s poslami arabskix gosudarstv v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2023
Obuna bo‘lish
Suhbat chog‘ida mamlakatlar o‘rtasidagi barcha yo‘nalishlarda istiqbolli aloqalarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov arab davlatlarining O‘zbekistondagi elchilari bilan iftorlik qildi. Bu haqda Saidov Telegram kanalida xabar berdi.
“Arab davlatlarining O‘zbekistondagi elchilari bilan birgalikda iftorlik qilishdan mamnun bo‘ldik”, - deb yozadi Saidov.
Ta’kidlanishicha, tadbir mobaynidagi suhbat chog‘ida mamlakatlar o‘rtasidagi barcha yo‘nalishlarda istiqbolli aloqalarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
Yangiliklar lentasi
0